U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

o‘z ifodasini topadi. Bunday qonun nafaqat ehtiyojlarning miqdoran o‘sib 
borishini, balki ularning tarkiban yangilanib turishini, eskilarining o‘rniga 
yangilarining kelishini bildiradi. Ehtiyojlarning o‘sib borishi qonuni ishlab 
chiqarish bilan ehtiyojlar o‘rtasidagi uzviy, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni aks 
ettiradi. Ishlab chiqarish ehtiyojlarni qondirishga qaratiladi va uning rivojlanishi 
yangi ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Ishlab chiqarish baynalminal tus olishi bilan 
ishlab chiqarish va ehtiyoj o‘rtasidagi bog‘liqlik xalqaro miqyosda aks etadi. 
Ma’lum bir mamlakatda paydo bo‘lgan ehtiyoj boshqalariga tarqalib, xalqaro 
xususiyatga ega bo‘ladi. Masalan, kompyuter bir mamlakatda paydo bo‘lib, tez 
orada unga ehtiyoj dunyo miqyosida tarqaldi. Xalqaro aloqalar rivojlanib borgani 
sari ehtiyojlarning milliy xususiyatlari bilan bir qatorda uning millatlararo, 
baynalminal belgilari rivoj topib boradi. 
Ehtiyojlarning o‘zi ham bir-birini taqozo qiladi. Bir ehtiyoj o‘z orqasidan 
boshqa bir ehtiyojni keltirib chiqaradi. Masalan, kompyuter texnikasiga 
ehtiyojning paydo bo‘lishi, o‘z navbatida uni ishlatishni o‘rganish, unga xizmat 
ko‘rsatish, dastur tuzish kabi ehtiyojlarni keltirib chiqaradi. 
Ehtiyojlarning o‘sib borishi bir tekis, uzluksiz bo‘lmaydi. Uning o‘sishiga qarshi 
ta’sir qiluvchi omillar ham mavjud bo‘ladi. Ishlab chiqarish holati, jamiyatdagi 
hukmron munosabatlar, favqulodda yuz beradigan holatlar (urushlar, iqtisodiy tizim 
almashishi) va zilzila, suv toshqini, yong‘in kabi tabiiy ofatlar ehtiyojlarning o‘sib 
borishiga qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi omillardir. Shunday qilib, ehtiyojlarning o‘sib 
borishi qonuni mavjud ehtiyojlarning miqdoran o‘sib borishida, mutlaqo yangi 
ehtiyojlarning paydo bo‘lishida, muayyan ehtiyojlar doirasida turli ehtiyojlar 
nisbatining o‘zgarishida va bir ehtiyojning boshqasi bilan almashinishida namoyon 
bo‘ladi. Ehtiyojlarning o‘sib borishi, uni qondirish vositalari darajasi bilan 
chegaralanadi. Chunki ehtiyojlar cheksiz o‘zgargani holda uni ta’minlash uchun kerak 
bo‘ladigan iqtisodiy resurslar cheklangan bo‘ladi. Iqtisodiy resurslar deganda 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling