U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta
Asosiy tayanch tushunchalar Mikroiqtisodiyot - yaxlit iqtisodiyot nazariyasining alohida xo‘jalik sub’ektlari, tarmoq va bozorlarni o‘rganishga qaratilgan nisbatan kichik darajasi. E 1 E 2 24 Pozitiv tahlil - iqtisodiyotdagi mavjud iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tushuntirish va bashoratlashda qo‘llaniluvchi tahlil usuli. Normativ tahlil – iqtisodiyot qanday holda samarali amal qilishini, iqtisodiy jarayonlar o‘z natijasini berishini o‘rganuvchi tahlil usuli. To‘liq ratsionallik – iqtisodiy sub’ekt mavjud axborotdan eng yuqori darajada foydalanib, qilingan xarajatlar bilan olingan natijalar o‘rtasidagi eng yuqori tafovutga erishuvchi nazariy holat. Cheklangan ratsionallik – axborotlarni to‘plash va tahlil qilishning qiyinligi tufayli xo‘jalik qarorlarini qabul qilishda undan to‘liq foydalanishning mumkin emasligi holati. Marjinalizm nazariyasi – bu xo‘jalik munosabatlariga jalb etilgan alohida sub’ektning ruhiyati nuqtai-nazaridan amalga oshiriluvchi iqtisodiy tahlil. Funksiya – bu bir qator o‘zgaruvchilarning boshqalariga bog‘liqligini aks ettiruvchi matematik tushuncha. Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar 1. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti nimadan iborat? U boshqa iqtisodiy fanlar ichida qanday o‘rin tutadi? 2. Iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida shakllanishida qanday ilmiy maktab va yo‘nalishlar vujudga kelgan? 3. Iqtisodiyot nazariyasining qanday vazifalari mavjud? Bu vazifalarning bugungi kundagi ahamiyati nimalarda namoyon bo‘ladi? 4. Mikroiqtisodiyot nima? Uning tadqiqot doirasiga qanday muammolar kiradi? 5. Mikroiqtisodiy nazariyada iqtisodiy munosabatlarni tadqiq etish xususiyatlarini izohlab bering. 6. Mikroiqtisodiy tahlilning qanday usullarini bilasiz? 7. So‘nggi qo‘shilgan miqdor nuqtai nazaridan tahlil (marjinalizm)ning mohiyati nimadan iborat? 8. Tahlilning muvozanatga asoslangan usuli nima? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling