23
P S
2
S
1
P
e2
P
e1
D
0 Q
e1
Q
e2
Q
5-chizma. Taklifning qisqarishi
Pozitiv va normativ tahlil. Pozitiv tahlil iqtisodiyotdagi
mavjud iqtisodiy
hodisa va jarayonlarni tushuntirish va bashoratlash uchun xizmat qiladi. Normativ
tahlil esa iqtisodiyot qanday holda samarali amal qilishini, iqtisodiy jarayonlar o‘z
natijasini berishini o‘rganadi.
Grafik usul. Iqtisodiy tadqiqotlarda grafik usul muhim o‘rin tutadi.
Grafiklar turli iqtisodiy omillar o‘rtasidagi funksional bog‘liqlik va aloqalarni
ko‘rgazmali tasvirlash vositasi hisoblanadi. Bu omillarning ba’zilari
mustaqil
o‘zgaruvchi hisoblansa, boshqa birlari bog‘liq o‘zgaruvchi hisoblanadi.
O‘zgaruvchilar o‘rtasidagi to‘g‘ri bog‘liqlik grafik tarzda koordinatalar o‘qida
o‘sib boruvchi chiziq shaklida tasvirlanadi. Teskari
aloqa esa pasayib boruvchi
chiziq shaklini oladi. Bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchilar uchun
koordinatalar o‘qini
tanlash ixtiyoriy ravishda, qulaylik va yaxshiroq ifodalash
tamoyili asosida amalga oshiriladi. Ya’ni, bu yerda matematikadagi singari bog‘liq
bo‘lmagan o‘zgaruvchilar faqat abssissa o‘qiga joylashtiriladi, degan qat’iy talablar
mavjud bo‘lmaydi. Grafiklar tahlil qilinayotgan iqtisodiy o‘zgaruvchilar
o‘rtasidagi chiziqli (to‘g‘ri chiziqlar) hamda nochiziqli (egri chiziqlar)
bog‘liqliklarni ifodalashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: