U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

Q
s
 = S(P
b
, P
f
).
Va nihoyat, yana shuni ta’kidlashimiz mumkinki, nonning narxi talab va 
taklif o‘rtasidagi muvozanatdan kelib chiqqan holda o‘zgaradi: 
Q
s
 = 
Q
d
.
Talab va taklif modeli. Non bozori modelini bayon etishni talab va taklif 
modelidan foydalangan holda davom ettirish mumkin (2-chizma.).



P
e

0 Q
e
Q
2-chizma. Talab va taklif egri chiziqlari 
Non bozori modelida 2 ta endogen va 2 ta ekzogen o‘zgaruvchilar ishtirok 
etadi. Unning narxi va jami daromad – ekzogen o‘zgaruvchilar. Modelda ularni 
o‘rganish maqsad qilib qo‘yilmaydi, ulari ilgaridan belgilangan, deb qabul qilinadi. 
Bu modelda endogen o‘zgaruvchilar bo‘lib nonning narxi va sotilgan non miqdori 
hisoblanadi. Aynan shu o‘zgaruvchilarni tushuntirib berish ushbu modelning 
vazifasi hisoblanadi. 
Talab egri chizig‘i jami daromad darajasi o‘zgarmagan sharoitda nonga 
bo‘lgan talab bilan uning narxi o‘rtasidagi nisbatni ko‘rsatadi. Talab egri chizig‘i 
pastga yo‘nalgan bo‘ladi, chunki nonning narxi oshib borgan sari, xaridorlar 
ko‘proq boshqa oziq-ovqat mahsulotlariga o‘tib boradilar va nonni kamroq sotib 
oladilar. Taklif egri chizig‘i unning o‘zgarmas narxlari sharoitida taklif etilayotgan 


22 
non miqdori va uning narxi o‘rtasidagi nisbatni ko‘rsatadi. Taklif egri chizig‘i 
o‘suvchandir, chunki nonning narxi qanchalik yuqori bo‘lgan sari, nonvoyxonalar 
shuncha ko‘p non ishlab chiqaradilar. Ikkala egri chiziqning kesishish nuqtasi 
bozor muvozanati holatiga mos tushadi. Bu nuqtada nonga bo‘lgan muvozanat 
narxi o‘rnatilib, taklif etilayotgan non miqdori talabga mos keladi.
Modelda bir ekzogen o‘zgaruvchining o‘zgarishi har ikkala endogen 
o‘zgaruvchilarga qanday ta’sir ko‘rsatishi izohlab beriladi. Masalan, jami daromad 
oshganda nonga bo‘lgan talab o‘sadi (3-chizma). 


P
e2 
P
e1
D

D

0 Q
e1
Q
e2


Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling