U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

 
Asosiy tayanch tushunchalar 
 
Bozor iqtisodiyoti – tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi 
qonun – qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. 
Bozor mexanizmi – bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni 
va iqtisodiy jarayonlarni uyg‘unlashtirishni ta’minlaydigan dastak va vositalardir. 
Bozor – ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) 
o‘rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida bo‘ladigan munosabatlar yig‘indisidir. 


79 
Bozor ob’ekti – bozorga, ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan iktisodiy 
faoliyatning natijalari va iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga tenglashtirilgan 
moliyaviy aktivlardir. 
Bozor 
sub’ekti 
– 
bozorning, 
ayirboshlash 
munosabatlarining 
qatnashchilaridir. 
Bozor infratuzilmasi – ayirboshlash munosabatlariga xizmat qiluvchi 
muassasaviy tuzilmalardir. 
Talab – iste’molchi ma’lum vaqtda narxlarning har bir darajasida sotib 
olishga qodir bo‘lgan tovarlar va xizmatlar miqdori. 
Talab qonuni – tovarlar narxi bilan uning sotib olinadigan miqdori o‘rtasidagi 
teskari yoki qarama-qarshi bog‘liqlik. 
Engel qonuni – iste’molchi daromadi bilan u tomonidan sotib olinishi 
mumkin bo‘lgan tovarlar miqdori o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik.
 
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar 
 
1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari nimalardan iborat? 
2. Klassik va hozirgi zamon bozor iqtisodiyotining umumiy tomonlarini va 
farqlarini tushuntirib bering. 
3. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari nimalardan iborat? 
4. Bozor iqtisodiyotining asosiy ishtirokchilari kimlar va ular o‘rtasidagi 
iqtisodiy aloqalar qay tarzda kechadi? 
5. Bozor tushunchasining ta’rifini bering va uning asosiy vazifalarini 
ko‘rsating. 
6. Bozorni turkumlashda qanday mezonlar asos qilib olinadi? Ularni sanab 
ko‘rsating. 
7. Yetuklik darajasiga qarab bozorning qanday turlari ajratiladi? 
8. Bozor infratuzilmasi nima? Uning tarkibiy qismlari va asosiy unsurlariga 
ta’rif bering. 


80 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling