U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Bozor iqtisodiyoti – bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

Bozor iqtisodiyoti – bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul 
muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan 
iqtisodiy tizimdir. Bunday iqtisodiyot erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanadi, 
uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi, iqtisodiy 
monopolizmni inkor etadi. Hozirgi zamon iqtisodiy nazariyalarida bozor 
iqtisodiyoti deganda bozor xo‘jaligi sub’ektlari iqtisodiy hatti-harakatlarining 
erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning tovar-pul mexanizmi orqali bir-
biriga bog‘lanib muvofiqlashuvi deb baho beradilar. Bozor iqtisodiyotida bozor 


75 
aloqalari butun tizimni, uning hamma bosqichlarini ishlab chiqarish, ayirboshlash, 
taqsimlash va iste’mol jarayonlarini hamda iqtisodiy munosabatlarning barcha 
sub’ektlarini qamrab oladi. 
Bozor iqtisodiyoti sub’ektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, yollanma ishchilar 
ham, pirovard iste’molchilar, ssuda kapitali egalari va qimmatli qog‘ozlar egalari 
ham kiradi. Odatda, bozor xo‘jaligining barcha asosiy sub’ektlari uchta guruhga 
bo‘linadi: uy xo‘jaliklari, korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat. 
Uy xo‘jaliklari – iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat qiluvchi asosiy 
tarkibiy birlik. Uy xo‘jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat 
ko‘rsatish sohalarida yaratilgan tovar va xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor 
iqtisodiyotida uy xo‘jaliklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini etkazib 
beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslarni sotishdan olingan pul daromadlari 
shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarflanadi. 
Tadbirkorlik sektori – bu daromad (foyda) olish maqsadida amal 
qiluvchi iqtisodiyotning birlamchi bo‘g‘inlaridir. U ish yuritish uchun o‘z 
kapitalini yoki qarz olingan kapitalni ishga solishni taqozo etadi, bu kapitaldan 
olingan daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarflanadi. 
Tadbirkorlar tovar xo‘jaligida tovar va xizmatlarni etkazib beradi. 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling