86
O
V
B A
K
8-chizma. Narx o‘zgarishi natijasida budjet chizig‘idagi siljishlar
3. Iste’molchi tanlovi va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar
Iqtisodiyot nazariyasida iste’molchi tanlovini o‘rganishda
mazkur tanlov
oqilona ravishda amalga oshiriladi, deb taxmin qilinadi:
1) mavjud va chegarali budjetdan to‘liq
foydalaniladi;
2) ehtiyojlar maksimal darajada qondiriladi.
Optimal tanlov quyidagi talablarni keltirib chiqaradi:
1) tanlov nuqtasining budjet chizig‘ida yotishi. Iste’molchi amalda barcha
daromadini iste’molga
sarflamay, ma’lum qismini kelgusidagi iste’molga
qoldirsada, nazariy jihatdan biz uni barchasi sarflanadi, deb faraz qilamiz. Agar
nuqta budjet chizig‘idan chapda yotsa – uning to‘liq sarflanmaganligini, o‘ngda
yotsa – imkoniyat darajasidan chetda ekanligini tushunamiz.
2) tanlangan iste’mol tovarlari to‘plami eng ma’qul ko‘rilgan
kombinatsiyada bo‘lishi lozim.
9-chizmada 3 ta befarqlik egri chizig‘i ifodalangan. I
3
–
eng yuqori
darajadagi
qoniqish; I
2
– o‘rtacha qoniqish; I
1
– eng kam qoniqish. Har bir egri
chiziqda iste’molchi tanlovini ifodalovchi bittadan nuqta joylashgan: I
1
da – V; I
2
da – A; I
3
da – S nuqtalar.
V nuqta oqilona emas, chunki A nuqta unga nisbatan
ko‘proq ehtiyojni qondiradi; S nuqta eng ko‘p ehtiyojni qondirishi mumkin, biroq
u budjet imkoniyatidan tashqarida hisoblanadi.