U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


-chizma. Naflilik darajasi turlicha bo‘lgan befarqlik egri chiziqlari


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

11-chizma. Naflilik darajasi turlicha bo‘lgan befarqlik egri chiziqlari. 
 
Asosiy tayanch tushunchalar 
 
Befarqlik egri chizig‘i – ehtiyojlarni bir xil darajada qondirilishini 
ta’minlovchi iste’mol to‘plamlari yig‘indisini namoyon etuvchi chiziq. 
Befarqlik kartasi – iste’molchining muayyan tovarlarning barcha to‘plamlari 
bo‘yicha afzal ko‘rishlarini egri chiziqlar orqali tasviri. 
Daromad samarasi – narx pasayganda iste’molchi pul daromadlarining sotib 
olish layoqatining ortishidir. 
Almashuv samarasi – tovar narxining pasayishi natijasida uning boshqa 
tovarlarga nisbatan arzonlashuvi hamda iste’molchining o‘z xaridini boshqa 
tovarlardan olib, ushbu tovarga ko‘chirishi natijasida xarid hajmining oshishi. 


89 
Talabning narx bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi – talab hajmiga ta’sir 
qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan sharoitda narxning 1% ga o‘zgarishi 
talabning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich.
Talabning daromad bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi – iste’molchi 
daromadining 1% ga o‘zgarishi talabning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi 
ko‘rsatkich. 
 
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar 
 
1. Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasining mohiyati nimadan 
iborat? 
2. Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasiga kardinalistik va 
ordinalistik yondashuvlarning farqi nimada?
3. Gossenning birinchi va ikkinchi qonunini tushuntirib bering. 
4. Iste’molchi tanlovi asosida qanday hodisa va jarayonlar yotadi? 
5. Befarqlik egri chizig‘i nima va uning o‘zgarishi qanday omillarga bog‘liq? 
6. Befarqlik kartasi nimani ifodalaydi? 
7. Budjet cheklovi nima va u iste’molchi tanloviga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 
8. Talabga qanday omillar ta’sir qiladi?
9. Talab omillardan har biri o‘zgarsa, talab egri chizig‘ida qanday o‘zgarish 
ro‘y beradi? 
10. Daromad va almashuv samaralarining mohiyatini tushuntirib bering. 
Ularning talab egiluvchanligiga ta’siri bormi? 


90 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling