U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


-BOB. ISTE’MOLCHI XATTI-HARAKATI NAZARIYASI


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

5-BOB. ISTE’MOLCHI XATTI-HARAKATI NAZARIYASI
Iste’molchi xatti-harakati – bu mahsulot va xizmatlarga bevosita ega bo‘lish, 
tasarruf etish va iste’mol qilishga yo‘naltirilgan faoliyat bo‘lib, o‘z ichiga mazkur 
harakatlardan oldin keluvchi hamda ular natijasida kelib chiquvchi qarorlarni qabul 
qilish jarayonlarini ham oladi. 
Iste’molchining bozordagi xatti-harakatini o‘rganish orqali uning eng yuqori 
darajadagi yalpi naflilikka erishish maqsadida o‘z pul daromadlarini sarflashi
o‘zini ratsional tutishi, budjet cheklanishi muammosiga duch kelishi va uni 
samarali hal etish uchun iste’mol savatchasini shakllantirishi kabi holatlarni 
kuzatish mumkin. Pirovardida iste’molchi xatti-harakati nazariyasi orqali bozor 
talabini yanada yaxshiroq tushunish imkoniyatiga ega bo‘linadi. 
 
1. Iste’molchi tanlovidagi befarqlik va uning egri chizig‘i 
 
Iste’molchining hatti-harakatini uch bosqichda ko‘rib chiqamiz: 1) uning 
afzal ko‘rishini o‘rganish; 2) budjet cheklovlari; 3) iste’mol tanlovi. 
Iste’molchi o‘zining o‘z didi va ruhiyatiga ko‘ra turli xil tovarlar to‘plamini 
ma’qul ko‘rishi mumkin. Bunda u tovarlarning ma’lum bir to‘plamini boshqa 
biriga taqqoslab ko‘radi. Iste’molchilar hulq-atvori nazariyasini o‘rganishda 3ta 
faraz ilgari suriladi: 
1. Afzal ko‘rishning shakllanib bo‘lganligi. Bu iste’molchilarning tovar va 
xizmatlarning barcha to‘plamlarini turkumlash va bir-biriga taqqoslashlari 
mumkinligini anglatadi. Biroq, bu afzal ko‘rishlar qiymatni e’tiborga olmaydi. 
Iste’molchi biror bir tovarni afzalroq ko‘rishiga qaramay, narxi nisbatan arzon 
bo‘lganini oladi. 
2. Afzal ko‘rish tranzitivdir, ya’ni tovarlarning A to‘plami V to‘plamdan, V 
to‘plami S to‘plamdan afzalroq bo‘lsa, u holda A to‘plamning S to‘plamdan 
afzalligi 
shubhasizdir. 
Bu 
faraz 
afzalliklarning 
ratsionalligini 
(o‘zaro 
muvofiqligini) kafolatlaydi. 
3. Barcha tovarlar bir xilda yaxshi bo‘lib, ularning qiymati e’tiborga 
olinmasa, iste’molchilar doimo har qanday tovarning ko‘proq miqdorini kamroq


81 
miqdoridan afzal ko‘radilar.

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling