U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta
Asosiy tayanch tushunchalar
Pul muomalasi – tovarlar aylanishiga hamda notovar xarakteridagi to‘lovlar va hisoblarga xizmat qiluvchi naqd pullar va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlarning harakati. Pul tizimi – tarixan tarkib topgan va milliy qonunchilik bilan mustahkamlangan, mamlakatda pul muomalasini tashkil qilish shakli. Kredit – bo‘sh turgan pul mablag‘larini ssuda fondi shaklida to‘plash va ularni takror ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun qarzga berish. Foiz normasi (stavkasi) – foiz yoki foizli daromadning qarzga berilgan pul summasiga nisbatining foizda ifodalanishi. Bank krediti – pul egalari (banklar va maxsus kredit muassasalari) tomonidan qarz oluvchilarga (tadbirkorlar, davlat, uy xo‘jaligi sektori) beriluvchi pul ssudalari. Lizing – kreditning pulsiz shakli bo‘lib, odatda ishlab chiqarish vositalari va boshqa moddiy boyliklarni keyinchalik foydalanuvchilar tomonidan muntazam 237 ravishda haq to‘lab borib, sotib olish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga berishdan iborat. Faktoring – boshqa iqtisodiy sub’ektlarning qarzdorlik buyicha majburiyatlarini sotib olish yoki qayta sotish munosabatlari. Farfeyting – uzoq muddatli faktoring munosabatlari bo‘lib, qarzdorlik bo‘yicha huquqlarni sotib olgan bank ularni odatda 1-5 yil vaqt o‘tgandan so‘ng undirishi mumkin bo‘ladi. Trast – mijozlarning kapitallarini boshqarish bo‘yicha operatsiyalari. Banklar – kredit munosabatlariga xizmat qilib, kredit tizimining negizini tashkil qiluvchi maxsus muassasalar. Bank operatsiyalari – mablag‘larni jalb qilish va ularni joylashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan operatsiyalar. Takrorlash uchun savol va topshiriqlar 1. Pulning qanday nazariyalari mavjud? Ularning asosida qaysi konseptual qarashlar yotadi? 2. Pul muomlasi qonunlari nima? Pul muomalasining qanday qonunlari mavjud? 3. Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori qanday omillarga bog‘liq? 4. Pul agregatlari nima va uning tarkibiga nimalar kiradi? 5. Kreditning asosiy turlarini sanab ko‘rsating va ularning tavsifini bering. 6. Kredit qanday vazifalarni bajaradi? 7. Kreditning qanday tamoyillari mavjud? 8. Bank nima? Bank tizimi o‘z ichiga qanday tarkibiy qismlarni oladi? 9. Markaziy va tijorat banklarining vazifalarini ko‘rsating. 10. Mamlakatimizda bank tizimini yanada takomillashtirish borasida qanday chora-tadbirlar qo‘llanilmoqda? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling