U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Takrorlash uchun savol va topshiriqlar


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

 
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar 
 
1. Davlatning iqtisodiyotdagi roliga turlicha qarashlarini baholang?
2. Davlat asosiy iqtisodiy vazifalarini sanab chiqing va ularning qisqacha 
tavsifini bering? 
3. Bozor iqtisodyoti sharoitida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga 
solishning zarurligini nima taqozo qiladi?
4. Tartibga solish o‘z oldiga qanday maqsad va vazifalarni qo‘yadi? 
5. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning bevosita va bilvosita 
usullariga tavsif bering.
6. Tartibga solishning ma’muriy va iqtisodiy vositalarini sanab ko‘rsating. 
7. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda davlat sektori qanday rol 
o‘ynaydi?
8. Davlat iqtisodiy dasturlari qanday amalga oshiriladi? 


250 
17-BOB.  HOZIRGI ZAMON BOZOR IQTISODIYOTIDA IJTIMOIY 
HIMOYA TIZIMI 
Bob aholi daromadlarining iqtisodiy mazmuni, turlarini bayon qilish hamda 
uning darajasini belgilab beruvchi asosiy omillarni qisqacha tavsiflash bilan 
boshlanadi. Keyin bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tengsizligining asosiy 
sabablari ko‘rib chiqiladi. Daromadlar tengsizligi borasida bildirilgan fikrlar tahlil 
qilinib, tengsizlik va samaradorlik o‘rtasidagi nisbat ko‘rsatib beriladi. Bob 
kambag‘allik muammosi, aholi daromadlarining yetarli darajasini ta’minlash 
bo‘yicha davlat dasturlarini qarab chiqish bilan yakunlanadi. 
1. Aholi daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi
va uning ko‘rsatkichlari 
«Daromad» iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkich bo‘lib, u 
serqirra va murakkab mazmunga ega hisoblanadi. Chunki, daromad bir vaqtning 
o‘zida biron-bir faoliyat natijasida olingan tushumni, pul mablag‘larini, natural 
ko‘rinishda olingan mahsulotlarni, iqtisodiy resurslar keltiruvchi nafni va boshqa 
tushunchalarni ifodalashi mumkin. Shuningdek, daromad umumiy tushuncha 
bo‘lib, uning tarkibida aholi daromadlari muhim o‘rin tutadi.

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling