254
Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha
daromadlar darajasi bilan bir-biridan keskin farqlanadi.
Bu turli mamlakatlar
aholisining daromadlari darajasi o‘rtasida tengsizlik mavjudligini bildiradi. Shu
bilan birga alohida olingan mamlakatlar aholisining turli qatlam va guruhlari
o‘rtacha daromadlari darajasida ham farq mavjud bo‘ladi. Mamlakatning iqtisodiy
rivojlanishi darajasi ham daromadlaridagi farqlarni bartaraf qilmaydi.
Daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlash uchun jahon amaliyotida
Lorens egri chizig‘idan foydalaniladi (1-chizma). Chizmaning yotiq chizig‘ida
aholi
guruhlarining foizdagi ulushi, tik chizig‘ida esa bu guruhlar tomonidan
olinadigan daromadning foizdagi ulushi joylashtirilgan.
Nazariy jihatdan
daromadlarning
mutlaq teng taqsimlanishi imkoniyati (burchakni
teng ikkiga
bo‘luvchi) 0E chiziqda ifodalangan bo‘lib, u oilalarning har qanday tegishli foizi
daromadlarning mos keluvchi foizini olishini ko‘rsatadi. YA’ni aholining 20%
barcha daromadlarning 20%ni, aholining 40% daromadlarning 40%ni,
aholining
60% daromadlarning 60%ni olishini bildiradi va h.k. Demak, 0E chizig‘i
daromadlarning taqsimlanishidagi mutlaq tenglikni ifodalaydi.
Daromad, %
100 E
80
60
40
20
F
0
20 40 60 80 100 Aholi, %
Do'stlaringiz bilan baham: