U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


aholi daromadlari tengsizligi indeksi (Djini koeffitsienti)


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

aholi daromadlari tengsizligi indeksi (Djini koeffitsienti) ko‘rsatkichi 
qo‘llaniladi. Djini koeffitsienti chizmadagi Lorens egri chizig‘i bilan mutlaq tenglik 
chizig‘i o‘rtasidagi yuzaning 0FE uchburchak yuzasiga nisbati orqali aniqlanadi. Bu 
ko‘rsatkich qanchalik katta bo‘lsa, (ya’ni 1,0 ga yaqinlashsa) tengsizlik shuncha 
kuchli bo‘ladi. Jamiyat a’zolari daromadlari tenglashib borganda bu ko‘rsatkich 0 
(nol)ga intiladi. Masalan, keyingi yarim asr davomida Djini indeksi Buyuk 
Britaniyada 0,39 dan 0,35 ga qadar, AQSHda esa 0,38 dan 0,34 ga qadar pasaygan. 


256 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tengsizligini keltirib chiqaruvchi 
umumiy omillar mavjud. Bularning asosiylari quyidagilar: 
- kishilarning umumiy (jismoniy, aqliy va estetik) layoqatidagi farqlar; 

ta’lim darajasi va malakaviy tayyorgarlik darajasidagi farqlar; 
- tadbirkorlik mahorati va tahlikaga tayyorgarlik darajasidagi farqlar; 
- ishlab chiqaruvchilarning bozorda narxlarni o‘rnatishga layoqatliligi 
(bozordagi hukmronlik darajasidan kelib chiqib) darajasidagi farqlar. 
Bunday sharoitda davlatning daromadlarni qayta taqsimlash vazifasi 
daromadlar tengsizligidagi farqlarni kamaytirish va jamiyat barcha a’zolari uchun 
ancha qulay moddiy hayot sharoitini ta’minlashga qaratiladi. 
3. Davlatning ijtimoiy siyosati 
Davlatning ijtimoiy siyosati tegishli markazlashgan daromadlarni 
tabaqalashgan soliq solish yo‘li bilan shakllantirish va uni byudjet orqali aholi 
turli guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlashdan iborat. Davlat daromadlarni 
qayta taqsimlashda ijtimoiy to‘lovlar bilan birga bozor narxlarini o‘zgartirish va 
ish haqining eng kam darajasini belgilash usullaridan foydalanadi. 
Ijtimoiy to‘lovlar – kam ta’minlanganlarga pul yoki natural yordam 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling