U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta
ifodalaydi. Alohida mamlakatlarning bunday ixtisoslashuvi mahsulotlari ustun
darajada eksportga yo‘naltirilgan xalqaro ixtisoslashgan tarmoqlarning shakllanishiga olib keladi. Dastlabki vaqtlarda xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishi asosan tabiiy sharoitlardagi tafovutlarga asoslangan edi. Binobarin, faqat sanoat to‘ntarishidan keyin, ya’ni ishlab chiqaruvchi kuchlar baynalminal xususiyat kasb etib, milliy xo‘jaliklar doirasidan tashqariga o‘sib chiqa boshlagach, ularning negizidan barqaror mehnat taqsimoti va jahon bozori tarkib topadi. Hozirgi vaqtda xalqaro 266 mehnat taqsimoti turli ijtimoiy tizimlarni o‘z ichida oluvchi umumjahon xo‘jaligi doirasida rivojlanmoqda. Xalqaro mehnat taqsimoti va ayirboshlashda qatnashayotgan mamlakatlar bir xil sharoitda emas. Bu hol ularning turli geografik ahvoli, tabiiy resurslarining tarkibi va miqdori, rivojlanish ko‘lami, darajasi va iqtisodiyotining tuzilishi, ichki bozorning hajmi bilan belgilanadi. Ana shu farqlar sababli ayrim mamlakatlarda bir xil tovarlarni ishlab chiqarishdagi xarajatlar darajasi ham turlicha bo‘ladi. Shuning uchun har bir mamlakat o‘zi nisbatan qulayroq, kamroq xarajat bilan ishlab chiqaradigan tovarlarni boshqa mamlakatlarga sotishga va aksincha, jahon bozoridan o‘zidan ishlab chiqarish uchun xarajat ko‘proq bo‘ladigan yoki tabiiy yoxud boshqa sharoitlarga ko‘ra umuman ishlab chiqarib bo‘lmaydigan tovarlarni sotib olishga intiladi. Tovarlar mamlakatlar o‘rtasida jahon narxlari asosida ayirboshlanadi. Ular baynalminal qiymatga asoslanadi. Buning ma’nosi shuki, ijtimoiy zaruriy baynalminal mehnat sarflari jahon bozorida e’tirof qilinadi. Umuman olganda, jahon narxlarining tashkil topishi odatda, sof holda amalga oshmaydi. Baynalminal qiymatning hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiluvchi maxsus omillar jahon narxlariga ta’sir qiladi. Tashqi savdo va valuta cheklashlari, valutalar qiymatining o‘zgarib turishi, xalqaro monopoliyalar siyosati, birjadagi chayqovchiliklar va hokazolar shular jumlasidandir. Shu sababli ayrim mamlakatlarning jahon bozoridagi raqobatlashuv qobiliyatidagi farqlar, pirovard natijada mehnat unumdorligining milliy darajadagi farqlarini aks ettiradi. Rivojlangan mamlakatlarda keyingi o‘n yilliklarda yangi texnologik asoslarga o‘tish jahon xo‘jalik aloqalarining tez o‘sishi bilan birga bordi. Takror ishlab chiqarish jarayonlarining baynalminallashuvi o‘zining har ikkala shaklida: Download 3.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling