U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Jahon xo‘jaligi aloqalarini xalqaro tartibga solish


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

4. Jahon xo‘jaligi aloqalarini xalqaro tartibga solish 
Butun jahon xo‘jalik hayotining baynalminallashuvi davlatlararo xo‘jalik 
aloqalarni tartibga solishning mexanizmini yaratish zarurligiga olib keldi. Hozirgi 
davrda qandaydir tartibga soluvchi tuzilma amal qilmaydigan xalqaro iqtisodiy 
munosabatlar sohasini topish qiyin. Jumladan, moliya, valuta va kredit sohalarida 
Xalqaro valuta fondi (XVF), Xalqaro ta’mirlash va rivojlanish banki (XTRB), 
jahon savdosi sohasida - Tariflar va savdo bo‘yicha bosh kelishuv (TSBK)ni 
ko‘rsatish mumkin.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish milliy-tashkiliy shakllardan 
boshlanadi. Xo‘jalik hayotining baynalminallashuv jarayoni dastlab milliy 
davlatlar faoliyatini xalqaro uyg‘unlashtirishga, keyin esa davlatlararo va xalqaro 
tashkilotlar tuzilishiga olib keldi. 
Huquqiy ma’noda tartibga solish xalqaro tartiblarni o‘rnatishga, ya’ni 
me’yoriy chegaralar va qoidalarni aniqlovchi kelishuvlarni ishlab chiqarishni yoki 
xalqaro aloqalarning qandaydir sohasini hal qilishda tomonlar zimmasiga 
majburiyatlarga amal qilishni yuklaydi. Umumqabul qilingan andozalar va 
qoidalarni o‘z ichiga oluvchi xalqaro tartiblar o‘z navbatida milliy tatibga solishga 
ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Birinchi xalqaro tashkilotlar XX asrning 20-yillarida tuzilgan bo‘lsada 
(Millatlar ligasi - 1919 yil, Xalqaro hisob-kitoblar banki - 1929 yil), xalqaro 
darajada jahon xo‘jalik aloqalarini ko‘p tomonlama tartibga soluvchi tuzilmalar 
ikkinchi jahon urushidan keyin shakllana boshladi. 
1945 yil maxsus xalqaro uyg‘unlashtiruvchi muassasalar – Xalqaro valuta 
fondi (XVF) va Xalqaro ta’mirlash va rivojlantirish banki (XTRB) tashkil topdi. 
Hozirgi davrda ham ularning ikkalasi muhim xalqaro tashkilot hisoblanib, jahon 
savdosi, xalqaro kredit va valuta munosabatlari sohalarini davlatlararo tartibga 


276 
solishning tartib-qoidalarini aniqlab beradi. Urushdan keyingi davrda tuzilgan 
Tariflar va savdo bo‘yicha bosh kelishuv (TSBK), Evropa iqtisodiy hamkorligi 
tashkiloti (EIXT), NATOning iqtisodiy masalalarni uyg‘unlashtiruvchi komiteti 
(IMUK) xalqaro iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirish davriga to‘g‘ri keldi. 
Jahon savdosini erkinlashtirish ko‘p tomonlama shartnoma asosida harakat 
qiluvchi, xalqaro savdo tartib qoidalarini qayd qiluvchi xalqaro tashkilot TSBK 
doirasidagi faoliyat bilan bog‘liq. Hozirgi davrda TSBK jahon savdo 
aylanmasining 4

5 qismidan ko‘prog‘ini tartibga soladi. TSBK milliy va 
mintaqaviy darajada vaqti-vaqti bilan kuchayib boruvchi proteksionizmga qarshi 
turadi, milliy manfaatlarni o‘zaro kelishtirishga yordam beradi. Uning faoliyati 
savdoda kamsitmaslik, savdoda tarifli va tarifsiz cheklashlarni aniqlashda teng 
asosda maslahatlashish kabi tamoyillarga asoslanadi. TSBK faoliyatining asosiy 
shakli qatnashuvchi tomonlarining ko‘p tomonlama savdo muzokaralarini 
o‘tkazish hisoblanadi. 
Ammo jahon savdosi raqobat kurashi asosida boradi, shu sababli o‘zaro 
maqbul qarorlarni qidirib topishga va savdoni xalqaro darajada tartibga solishga 
ko‘plab qiyinchiliklar bilan erishiladi. 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning yana bir ahamiyatga molik sohasi – bu 
valuta-moliya sohasidir. Xalqaro moliyaviy munosabatlarni uyg‘unlashtirish XVF, 
XTRB, iqtisodiy xamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT), xalqaro rivojlanish 
uyushmasi (XRU), Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK) va shu kabilar 
doirasida amalga oshiriladi. G‘arbdagi etti etakchi mamlakatlarning har yillik 
kengashi bu sohada muhim rol o‘ynaydi. 
Valuta–moliyaviy sohani xalqaro uyg‘unlashtirishning kuchayishi ko‘p 
jihatdan XVFning faoliyati bilan bog‘liq. U o‘zining nizomiga muvofiq valuta 
kurslari va a’zo mamlakatlar to‘lov balanslarini tartibga soladi, ko‘p tomonlama 
to‘lov tizimlari va rivojlanayotgan mamlakatlar tashqi qarzlarini nazorat qiladi
a’zo mamlakatlarga ularning valuta-moliya muammolarini hal qilish uchun kredit 
beradi. 


277 
Rivojlanayotgan mamlakatlarda tarkibiy qayta qurishlarni moliyalashtirish 
bilan XTRB faol shug‘ullanadi. XTRB va u bilan birga jahon banki tarkibiga 
kiruvchi Xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU), Xalqaro moliyaviy korporatsiya 
(XMK) har xil investitsion ob’ektlarni o‘rta va uzoq muddatli kreditlash bilan 
shug‘ullanadi, 
loyihalarning 
moliyaviy-iqtisodiy 
asoslarini 
tayyorlaydi, 
rivojlanayotgan mamlakatlardagi tarkibiy qayta o‘zgartirishga yordam beradi. 
Davlatlararo tashkilotlar ichida barcha sanoat jihatdan rivojlangan 
mamlakatlarni birlashtiruvchi IHRT muhim rol o‘ynaydi. Uning doirasida ichki 
iqtisodiy tadbirlarning boshqa mamlakatlar milliy iqtisodiyoti samaradorligiga 
ta’sirini, ularning to‘lov balansi holatini o‘rganish amalga oshiriladi, milliy 
iqtisodiyotning jahon xo‘jaligi tamoyillariga tez moslashishini ta’minlash 
maqsadida makroiqtisodiy tartibga solish bo‘yicha tavsiyanomalar beriladi. IHRT 
jahon xo‘jaligi doirasida ko‘p omilli fuksional aloqalarni o‘rganishni amalga 
oshiradi, valuta va budjet siyosati, narxlar, savdo va boshqa sohalar bo‘yicha ilmiy 
asoslangan iqtisodiy prognozlar tavsiya etadi. 
Sharqiy Evropa mintaqasida tarkibiy qayta qurishga moliyaviy ta’sir 
ko‘rsatish va yordam tashkil qilish maqsadida 1991 yil Evropa tiklanish va 
taraqqiyot banki (ETTB) tuzildi. 
Shuni ta’kidlash lozimki, jahon iqtisodiy munosabatlarini xaqaro tartibga 
solish tizimida doimiy o‘zgarishlar ro‘y berib turadi. 
80-yillarda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sabablar taqozo qilgan dunyo siyosiy 
vaziyatdagi o‘zgarishlar, jahon xo‘jalik aloqalari tizimini ko‘p tomonlama tartibga 
solish shakllari evolusiyasiga olib keldi. Bular ichida sobiq sotsialistik 
mamlakatlarda vaziyatning o‘zgarishi, tashqi faoliyatida mustaqil sub’ektlarni 
tashkil qiluvchi davlatlar sonining keskin ko‘payishi hamda dunyo mamlakatlari 
ichida ro‘y beradigan o‘zgarishlar muhim o‘rin tutadi. 
80-yillarning o‘rtalarida dunyoda AQSH, G‘arbiy Evropa va Yaponiyadan 
iborat ancha qudratli raqobatlashuv markaz vujudga keldiki, bu ham jahon 
iqtisodiy munosabatlarini tartibga solishga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.


278 
Jahon xo‘jalik aloqalarini tartibga solishga xalqaro tashkilotlar a’zolar 
tarkibidagi o‘zgarishlarning ham ta’siri bo‘ldi. XVF, XTRB, TSBKga Osiyo, 
Afrika, Lotin Amerikasidagi ozod bo‘lgan mamlakatlar va keyin qator sobiq 
sotsialistik mamlakatlar faol kira bordiki, bu ham jahon xo‘jaligi aloqalarini 
tartibga solishda ma’lum o‘zgarishlarga olib keladi. 
Evropa Ittifoqi (EI) doirasida yagona bozorni bunyod etishga harakat tufayli 
yagona umumevropa fuqaroligi, iqtisodiy, valuta va siyosiy ittifoq ta’sis etiladi. Bu 
Ittifoqning SHartnomada belgilangan vazifalarini bajarish uchun bir qator Evropa 
muassasalari tuzildi. 
Evropa Ittifoqining ijroiya organi Evropa hamjamiyati Komissiyasi (EHK)dir. 
Uning a’zolarini milliy hukumatlar tayinlaydi, lekin ular o‘z faoliyatlarida mutlaqo 
mustaqildir. 
Ittifoqning qarorlar qabul qilish organi Vazirlar Kengashi hisoblanadi. Uning 
tarkibida ichki ishlar, moliya, ta’minot, qishloq xo‘jaligi kabi Vazirlar Kengashi 
mavjud bo‘ladi. 
Evropa hamjamiyati Komissiyasi faoliyatini nazorat qilish, hamjamiyat 
budjeti va qonunlarini ma’qullash hamda ularga o‘zgartirish kiritish huquqi 
Evropalament zimmasiga yuklatiladi. 
Evropa Ittifoqida 1999 yildan boshlab yagona pul-kredit siyosati o‘tkazila 
boshlandi. Shu munosabat bilan yagona valuta – EKYU, 2004 yildan boshlab Evro 
joriy etildi va yangi muassasa – Evropa Markaziy banki tuzilib, u milliy banklar 
bilan birga Evropa banklar tizimining asosini tashkil qildi. 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling