271
ta’sir shunchalik kuchayib ketdiki, natijada tabiat o‘zini-o‘zi
qayta tiklash
qobiliyatini yo‘qotib bormoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, keyingi 200 yil ichida er
yuzidagi 900 minga yaqin turdagi o‘simlik va hayvonlar qirilib ketgan.
Foydali qazilmalarning ba’zi bir qayta tiklanmas
zahiralari tugab bormoqda,
o‘rmon materiallari resurslari va xom ashyoning boshqa turlari qayta tiklanib
ulgurmayapti. Er yuzidagi iqlimning o‘zgarishi,
azon qatlamining siyraklashuvi,
boshqa halokatli jarayonlarning kuchayishi sivilizatsiyaga jiddiy tahdid solmoqda.
Ishlab chiqarishning tabiiy muhitga salbiy ta’sirining oldini olish uchun
tozalash qurilmalari va boshqa ekologik himoya vositalarini
barpo etish uchun
yirik kapital qo‘yilmalar talab etiladi. Global ekologik muammolarni hal etish
uchun butun dunyo mamlakatlari va xalqlarining kuchlarini
birlashtirish lozim
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: