U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


tomonlari ham mavjud. Bu ziddiyatlarning asosiylari quyidagilardan iborat:  1) turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda bormasligi


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

tomonlari ham mavjud. Bu ziddiyatlarning asosiylari quyidagilardan iborat: 
1) turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda bormasligi. 
Iqtisodiy o‘sishning jadallashuvida ilmiy-texnika inqilobi (ITI) hal qiluvchi 
rol o‘ynaydi. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib yangi texnika va texnologiyalarga 
“sakrab” o‘tilishi o‘ziga xos “tutash zanjir” hosil qildi. Global miqyosdagi 
axborotlashtirish 
natijasida 
turli 
mamlakatlarning 
texnologik 
jihatdan 
baravarlashuvi tendensiyasi kuchaydi. Axborot, aloqa va transport vositalari 
rivojlanishidagi texnikaviy to‘ntarish er sharining barcha mintaqalarida ITI 
yutuqlarini tezlik bilan o‘zlashtirish imkonini berdi. Natijada, bir mamlakatda 
yaratilgan yangi texnika va texnologiyalar, sun’iy to‘siqlarni bartaraf etgan holda, 
jahon bo‘yicha tezlik bilan tarqalmoqda.
Biroq, XX asrning oxiriga kelib, jahon xo‘jaligidagi iqtisodiy o‘sish 
sur’atlarida jiddiy tafovutlar sezilmoqda. Birinchidan, rivojlanayotgan 
mamlakatlarda ishlab chiqarishning ko‘payishi tezligi juda o‘sib ketdi. Aholi jon 
boshiga YAIM o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlar soni 
ko‘paydi. Ikkinchidan, iqtisodiy rivojlanish sur’atlaridagi tafovutlar natijasida 
g‘arb mamlakatlari iqtisodiy qudratining sekin-asta, biroq muntazam ravishdagi 
nisbatan pasayishi tendensiyasi kuzatilmoqda. 
Ba’zi mamlakatlar o‘zlarining iqtisodiy o‘sish sur’atlarini sezilarli darajada 
oshirgan holda zamonaviy sanoatlashgan ishlab chiqarishning eng yuqori 
darajasiga erishiga harakat qilmoqdalar. Masalan, 1970-1980 yillarda yangi 


270 
industrial mamlakatlarning “dastlabki avlodi” – Koreya Respublikasi, Tayvan, 
Singapur va Gonkong ancha tez sur’atlarda rivojlandi. 1990 yillarning oxiriga 
kelib yangi industrial mamlakatlarning “ikkinchi avlodi” – Indoneziya, Filippin, 
Malayziya, Tayland jadal sur’atda taraqiy etdi. Ular rivojlangan mamlakatlar bilan 
nafaqat an’anaviy ishlab chiqarish sohalari, balki murakkab texnika mahsulotlari
jumladan ishlab chiqarish vositalari bozori bo‘yicha raqobatlasha boshladilar. 
Biroq, hali jahon xo‘jaligi tarkibida ishlab chiqarishning sanoatlashuvi 
darajasiga etmagan, taraqqiyotda ilgarilab ketgan mamlakatlarga etib olish uchun 
zarur resurslarga ega bo‘lmagan ko‘plab mamlakatlar ham mavjud. 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling