U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

Leontev paradoksi degan nom oldi. Ma’lum bo‘ldiki, AQSHdagi kapitalning 
nisbiy ortiqchaligi Amerika tashqi savdosiga ta’sir ko‘rsatmaydi. AQSH ko‘proq 
mehnat sig‘imi yuqori, kapital sig‘imi esa past bo‘lgan tovarlarni eksport qilar 
ekan. V.Leontev amerikadagi mehnatning yuqori unumdorligi amerikalik 
ishchilarning nisbatan yuqori malakasi bilan bog‘liqligini ta’kidlab, bu yerdagi 
mehnatning xorijdagi mehnat bilan nisbati 1:3 ekvivalntlikda ekanligini ko‘rsatdi. 
Bu esa ishchi kuchi malakasi modelining paydo bo‘lishiga olib keldi. 
Ishchi kuchi malakasi modeliga ko‘ra, ishlab chiqarishda uchta emas, balki 
to‘rtta: malakali ishchi kuchi, malakasiz ishchi kuchi, kapital va yer ishtirok etadi. 
Kasbiy mahoratga ega bo‘lgan xodimlar va yuqori malakali ishchi kuchining 
nisbatan ko‘pligi malakali mehnatning katta miqdorini taqozo etuvchi tovarlarning 
eksport qilinishiga olib keladi. Malakasiz ishchi kuchining ko‘pligi esa ishlab 
chiqarishda yuqori malaka talab etilmaydigan tovarlarning eksportiga imkon 
yaratadi. 
Hozirgi zamon iqtisodiy fani Xeksher-Olin nazariyasining faqat yutuqli 
jihatlarini emas, balki cheklangan tomonlarini ham ochib beradi. Jumladan
quyidagi jarayonlar bu nazariyaga muvofiq kelmaydi: 
- yuqori rivojlangan mamlakatlarning sanoati va savdosidagi tarkibiy 
siljishlarning yaqinlashuvi; 
- daromadlarning bir xilda yuqori darajasiga ega bo‘lgan mamlakatlar 
o‘rtasidagi savdoning ahamiyatli va muntazam o‘sib boruvchi solishtirma 
salmog‘i; 


285 
- jahon savdosida o‘xshash sanoat tovarlarini bir-biriga yetkazib berishning 
yuqori va o‘sib boruvchi solishtirma salmog‘i. 
Sanab o‘tilgan holatlar iqtisodiy fan oldiga Xeksher-Olin nazariyasini 
kengaytirish yoki asosiy qoidalarini yangilash yo‘llarini qidirish vazifasini qo‘yadi. 
Bu, bir tomondan, nazariyaning kengayishiga, ishlab chiqarish omillarining 
yangicha talqin etilishiga, ikkinchi tomondan esa, uning to‘liq inkor etilishiga 
hamda XMT samaradorligi muammosiga mutlaq yangi yondoshuvlarning paydo 
bo‘lishiga olib keladi.
Xalqaro mehnat taqsimoti neoklassik nazariyalari o‘rtasida amerikalik 
iqtisodchi G.Xaberlerning muqobil xarajatlar modeli yetakchi o‘rin tutadi. U 
har bir mamlakat uchun barcha resurs va eng yaxshi texnologiyalardan 
foydalangan holda ikki turdagi tovarni qanday nisbatda ishlab chiqara olishi 
mumkinligini ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘idan 
foydalanishni taklif etadi. Bu qarashlarga ko‘ra, har bir mamlakat boshqa 
mamlakatlarga taqqoslaganda yuqori texnologiyaga ega bo‘lgan tarmoqlardagi 
mahsulotlarni eksport qiladi. Keyinchalik ilg‘or texnologiya muqarrar ravishda 
dunyo bo‘ylab tarqalib, texnologiyadagi farqlar yo‘qoladi, eksport pasayib, jahon 
savdosi tarkibiy tuzilishida keyingi o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling