U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

Asosiy tayanch tushunchalar 
 
Jahon xo‘jaligi – xalqaro mehnat taqsimoti, savdo-ishlab chiqarish, moliyaviy 
va ilmiy-texnikaviy aloqalar orqali birlashgan turli mamlakatlar xo‘jaliklari tizimi. 
Ishlab 
chiqarish 
yoki 
iqtisodiy 
hayotning 
baynalminallashuvi 
– 
mamlakatlarning jahon miqyosida iqtisodiy aloqalarining kuchayishi hamda 
iqtisodiy munosabatlarning tobora kengroq jabhalarini qamrab olishi jarayoni. 


279 
Xalqaro mehnat taqsimoti – alohida mamlakatlarning tovar va xizmatlarning 
ayrim turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi. 
Globallashuv – jahon xo‘jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy 
munosabatlar yagona tarmog‘ining tashkil topishi va rivojlanishi. 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar – jahonning turli mamlakatlari o‘rtasidagi 
xo‘jalik aloqalari majmui. 
Kapitalning xalqaro harakati – kapitalning chet elda joylashtirilishi va harakat 
qilishi. 
Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi – ishchi kuchi resurslarining ancha 
qulay sharoitda ish bilan ta’minlanish maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga 
ko‘chib o‘tishi. 
Emigratsiya – ishchi kuchining mamlakatdan doimiy yashash joyiga chiqib 
ketishi. 
Immigratsiya – ishchi kuchining mamlakatga doimiy yashash uchun kirib 
kelishi. 
 
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar 
 
1. Hozirgi davrda jahon iqtisodiy rivojining eng muhim o‘ziga xos xususiyati 
nimadan iborat? Jahon xo‘jaligining milliy iqtisodiyotga ta’siri qanday? 
2. Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlash qanday mezonlarga 
asoslanadi? Ularni turkumlash bo‘yicha hozirgi davrdagi yondoshuvlarga asoslanib 
davlatlarning asosiy guruhlarini ajratib ko‘rsating. 
3. Iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi jarayonining mohiyati nimadan 
iborat?
4. Globallashuv jarayoni nima va uning qanday yo‘nalishlari mavjud? 
Globallashuv jarayonining ziddiyatli jihatlarini gapirib bering. 
5. Xalqaro mehnat taqsimoti qanday tamoyillarga asoslanadi? Unda tabiiy 
sharoitdagi tafovutlar qanday rol o‘ynaydi? 
6. Jahon narxlari qanday qiymatga asoslanadi? Jahon narxlariga ta’sir 
ko‘rsatuvchi omillar tavsifini bering. 


280 
7. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar nima uchun turli shakllarga ega bo‘ladi? 
Ularning asosiy shakllarini sanab ko‘rsating. 
8. Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi to‘g‘risida tushuncha bering. Xalqaro 
migrantlar qanday toifalarga ajratiladi? 
9. Jahon infratuzilmasi tarkibiy qismlarining tavsifini bering va ularning har 
birining ahamiyatini ko‘rsating. 
10. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishni nima zarur qilib 
qo‘yadi? Hozirda xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi qanday 
xalqaro tuzilmalarni bilasiz?


281 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling