U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


R.Vernonning tovarning hayotiy sikli nazariyasida


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

R.Vernonning tovarning hayotiy sikli nazariyasida mamlakatning jahon 
savdosidagi muvaffaqiyati ichki bozorga bog‘liqligi ta’kidlanadi. Vernon 
nazariyasiga ko‘ra mahsulotlarning ba’zi bir turlari to‘rt bosqichdan iborat sikldan 
o‘tadi (joriy etish, o‘sish, yetuklik, pasayish), ularni ishlab chiqarish esa xalqaro 
miqyosda siklning bosqichidan kelib chiqqan holda siljiydi. R.Vernon AQSHning 
yangi va istiqbolli tovarlarning ahamiyatli miqdorini ishlab chiqarishda yetakchilik 
qilishi sabablarini ochib berishga harakat qildi. U milliy bozorda xorijiy bozorga 
nisbatan ertaroq paydo bo‘lgan tovarlarga talab AQSHning texnologik ustunligiga 
olib kelishini ta’kidladi. Amerika firmalari ishlab chiqarishning rivojlanishi 
bosqichida bu yangiliklarni eksport qiladi, ularga bo‘lgan talabning o‘sishi bilan 
esa xorijiy mamlakatlarda ishlab chiqarishni tashkil etadi. Yangi texnologiyaning 
tarqalishi bilan xorijiy korxonalar ham yangi tovarlarni ishlab chiqarishni 


286 
o‘zlashtirib, ularni AQSHga olib kela boshlaydilar. «Tovar sikli» tushunchasi 
milliy va tashqi bozorlarning o‘zaro bog‘liqligini izohlovchi nazariyaning asosiga 
aylandi. Xalqaro mehnat taqsimoti va jahon savdosi tarkibiy tuzilishining 
samaradorligi mustaqillik, o‘zaro bog‘liqlik va bog‘liqlik konsepsiyalarini 
tushuntirishga yordam beradi. 
Yuqori iqtisodiy mustaqillik ba’zi bir tovar, xizmat va texnologiyalarni 
mavjud bo‘lmasligini bildiradi, shunga ko‘ra hozirda hech bir mamlakat to‘liq 
mustaqillikka intilmaydi. Biroq, ko‘plab mamlakatlar xalqaro mehnat taqsimoti 
tizimiga kirish hamda tashqi savdo tarkibini shakllantirishda talab va taklif ustidan 
xorijiy nazoratning o‘rnatilishi xavfini past darajada bo‘lishiga harakat qiladilar.
Xorijdagi o‘zgarishlardan himoyalanganlikning o‘sishini o‘zaro ehtiyoj 
asosidagi savdo aloqalarini rivojlantirish orqali ta’minlash mumkin. Mamlakatlar 
(masalan, Fransiya va Germaniya)ning savdo sheriklari sifatidagi o‘zaro bog‘liqligi 
holatida ulardan birining tovarlarni yetkazib berish yoki bozor hajmini qisqartirishi 
ehtimoldan uzoq, chunki boshqa tomon ham bunga darhol javob qaytaradi. O‘ta 
yuqori darajadagi bog‘liqlik mamlakatning boshqa mamlakatlarda ro‘y beruvchi 
o‘zgarishlarga bog‘liqligini keltirib chiqaradi. 
Xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi barcha nazariyalarning hayotiy 
layoqatliligini va ularni doimiy ravishda modifikatsiyalab, yangi qirralarni qo‘shib 
turish zarurligini tasdiqlaydi. Xalqaro aloqalarning jahon amaliyotida esa bu 
nazariyalardan keng foydalanilmoqda. 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling