U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


chiqarish, moliyaviy va ilmiy-texnikaviy aloqalar orqali birlashgan turli


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

chiqarish, moliyaviy va ilmiy-texnikaviy aloqalar orqali birlashgan turli 
mamlakatlar xo‘jaliklari tizimidir. 
Jahon xo‘jaligi sub’ektlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
- o‘z ichiga xalq xo‘jaligi majmuini oluvchi davlat; 
- transmilliy korporatsiyalar; 
- xalqaro tashkilot va institutlar; 
- milliy iqtisodiyot chegarasidan chiqqan, xo‘jalik barcha sohalari tarkibidagi 
firmalar. 
Jahon xo‘jaligi milliy xo‘jalikdan yagona jahon bozorining mavjudligi bilan 
farqlanadi. Jahon bozorining amal qilishiga rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy 
siyosati ahamiyatli ta’sir ko‘rsatadi. Jahon bozorining o‘ziga xos xususiyati bo‘lib 
jahon narxlari va xalqaro raqobat tizimining amal qilishi hisoblanadi. Aynan 
xalqaro raqobatning mavjudligi turli darajadagi milliy qiymatlarni yagona 
baynalminal qiymatga keltiradi. Jahon narxi jahon bozoriga ne’matlarning asosiy 
hajmini etkazib beruvchi mamlakatlardagi shart-sharoitlar orqali aniqlanadi. 
Mamlakatlar o‘rtasida sotish bozorlarini egallash uchun keskin raqobat kurashi 
olib boriladi.
Jahon xo‘jaligida har bir o‘zgarishlar (jahon bozoridagi narxlar harakati va 
alohida mamlakatning eksport imkoniyatidan tortib dunyo iqtisodiyotidagi tarkibiy 
siljishlar va xalqaro monopoliyalar faoliyatigacha) dunyodagi barcha mamlakatlar 
manfaatini o‘ziga tortadi. Mamlakatning savdo, ishlab chiqarish, valuta-moliya 
sohalaridagi jahon tamoyillariga bog‘liqlik ob’ektiv reallik hisoblanadi. Hozirgi 
davrda har qanday mamlakatni uning iqtisodiyoti qanday rivojlangan bo‘lishidan 
qat’iy nazar, jahon xo‘jaligi aloqalariga jalb qilmasdan to‘laqonli iqtisodiy 
rivojlanishini ta’minlash mumkin emas. 


263 
Shu sababli Prezidentimiz I.Karimov «Mamlakatning jahon xo‘jalik 
aloqalarida, xalqaro mehnat taqsimotida keng miqyosda ishtirok etishi ochiq 
turdagi iqtisodiyotni barpo etishning asosidir»
1
, deb ta’kidlaydi. 
Dunyo bir-biridan maqsadlari, amal qilish mexanizmi bilan farqlanuvchi turli 
xil ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar, xalqaro guruhlarga bo‘lingan. Jahon hamjamiyati 
mamlakatlarini turkumlash har xil mezonlar asosida amalga oshiriladi.
Turli mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarining turli-
tumanligi ular taraqqiyot darajasini qandaydir bitta nuqtai-nazardan baholash 
imkonini bermaydi. Shunga ko‘ra, mazkur maqsadda bir necha asosiy ko‘rsatkich va 
mezonlardan foydalaniladi: 
- mutloq va nisbiy YAIM; 
- milliy daromad va uning aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi miqdori; 
- milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilmasi; 
- mamlakat eksporti va importi tarkibiy tuzilmasi; 
- aholining turmush darajasi, sifati va boshqalar. 
Mamlakatning jahon xo‘jaligidagi o‘rnini aniqlashda bir necha yondoshuvlar 
mavjud. Ulardan eng oddiylari –mamlakatlarni aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling