259
2. Ijtimoiy
adolatni
ta’minlashda aholi daromadlarini shakllantirish
siyosatining roli qanday?
3. Aholi daromadlari tushunchasini va uning darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi
omillarni sanab ko‘rsating.
4. Turmush darajasi va uning tushunchasiga izoh bering.
5. Turmush darajasini qanday ko‘rsatkichlar xarakterlab beradi?
6. Daromadlar tengsizligining asosiy sabablarini sanab ko‘rsating
va ularga
tushuntirish bering.
7. O‘zbekistonda davlat yordam dasturlari tizimini isloh qilish va uni hozirgi
davrdagi asosiy yo‘nalishlariga o‘z fikringizni bildiring.
260
18-BOB. ISHLAB CHIQARISHNING BAYNALMINALLASHUVI.
O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTINING JAHON XO‘JALIGIGA
INTEGRATSIYALASHUVI MUAMMOLARI
Hozirgi zamon jahon xo‘jaligi rivojining muhim tamoyili milliy
xo‘jaliklarning baynalminallashuvi, shu asosda jahon xo‘jaligi
va avvalo jahon
bozorining shakllanishi va rivojlanishidan iborat. Bu insoniyat taraqqiyoti uchun
ijobiy bo‘lgan jarayonga etmish yildan ortiq davr davomida dunyoning ikki
qarama-qarshi ijtimoiy-siyosiy tizimiga bo‘linganligi qarshi ta’sir ko‘rsatib keldi.
Hozir
yangi davr boshlandi, dunyoning iqtisodiy rivojlanishi va shunga mos
ravishda O‘zbekiston bilan jahon hamjamiyati mamlakatlari o‘rtasidagi
aloqalarning butunlay yangi imkoniyatlari vujudga keldi.
O‘zbekiston va jahon hamjamiyati mamlakatlari o‘rtasidagi har tomonlama
aloqalarning kengayishi va chuqurlashuvi har ikki
tomon uchun iqtisodiy va
siyosiy jihatdan foydali hisoblanadi. Shu bilan birga, har bir mamlakat
iqtisodiyotining
rivojlanishi, uning milliy xo‘jaligi ko‘p darajada nafaqat bu
mamlakatning ichki imkoniyatlari bilan, balki uning
xalqaro ijtimoiy mehnat
taqsimotida qatnashish darajasi va miqyosi, butun insoniyat resurslari bilan
aniqlanadi.
Bu holatlar jahon xo‘jaligi aloqalari va milliy xo‘jaliklarning
iqtisodiy
rivojlanish muammolarini alohida tahlil qilishni taqozo qiladi. Shunga ko‘ra ushbu
bobda jahon xo‘jaligining tarkib topishi, bunda ishlab chiqarishning
baynalminallashuvi va globallashuv jarayonlarining o‘rni,
xalqaro iqtisodiy
munosabatlarning shakllari, jahon infratuzilmasining rivojlanishi, jahon xo‘jaligi
aloqalarini xalqaro tartibga solish masalalari bayon etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: