U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


 Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari va ishlab


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

1. Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari va ishlab 
chiqarishning baynalminallashuvi 
Hozirgi davrda jahon iqtisodiy rivojlanishining eng muhim o‘ziga xos 
xususiyatlaridan biri – turli mamlakatlar va xo‘jalik mintaqalari o‘rtasidagi o‘zaro 
bog‘liqlikning o‘sib borishi hisoblanadi. 


261 
Jahon xo‘jaligi uzoq davrlar mobaynida shakllanib va rivojlanib keldi. 
E.F.Borisov jahon xo‘jaligi shakllanishining to‘rtta bosqichini ajratib ko‘rsatadi: 
Birinchi bosqich ishlab chiqarishning sanoatlashuvidan oldingi davrda 
vujudga kelib, dastlab o‘sha davrdagi kishilar jamoalari yoki qabilalari o‘rtasida 
paydo bo‘lgan savdo ayirboshlashuvi keyinchalik tovar ishlab chiqarishning 
rivojlanishi bilan turli mamlakatlar o‘rtasidagi doimiy tovar almashuvi – xalqaro 
savdoning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga olib keldi. 
Ikkinchi bosqich ishlab chiqarishning sanoatlashuv davriga to‘g‘ri kelib, 
yirik mashinalashgan ishlab chiqarishning vujudga kelishi va tadbirkorlarning 
ko‘proq foyda olishga intilishi tashqi savdoni deyarli barcha milliy xo‘jaliklarning 
tarkibiy qismiga aylantirib qo‘yishi natijasida XVIII-XIX asrlarda rivojlangan 
jahon bozori paydo bo‘ldi.
Uchinchi bosqich XIX-XX asrlarga to‘g‘ri kelib, bu davrda jahon xo‘jaligi 
tizimi shakllandi. 
To‘rtinchi bosqich XX asrning 60-yillaridan boshlab, ya’ni ko‘plab 
mustamlaka mamlakatlarning siyosiy qaramlikdan ozod bo‘lishi natijasida 
zamonaviy jahon iqtisodiyotida ijobiy o‘zgarishlarning yangi tendensiyalarini 
paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Bu tendensiyalar quyidagilardan iborat: 
- iqtisodiy manfaatdorlik asosidagi xalqaro hamkorlik
- ishlab chiqarishning baynalminallashuvi; 
- jahon miqyosidagi bozor makonlarining kengayishi; 
- jahon xo‘jaligi aloqalari majmuining rivojlanishi.
19
“Jahon xo‘jaligi”, “butunjahon xo‘jaligi”, “jahon iqtisodiyoti” tushunchalari 
bir xil ma’noni anglatib, ba’zi manbalarda ularning keng va tor ma’nolari 
farqlanadi.
20
Keng ma’nosiga ko‘ra, jahon xo‘jaligi – bu jahondagi barcha milliy 
iqtisodiyotlarning yig‘indisidir. Tor ma’nosiga ko‘ra – bu milliy iqtisodiyotlarning 
faqat tashqi dunyo bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan qismlari majmuidir. Biroq, bu 
ikkala ma’no o‘rtasidagi tafovut borgan sari sezilmay qolmoqda, chunki barcha 
19
Qaralsin: Borisov E.F. Экономическая теория: учеб. – 2-е изд., перераб. и доп. – М.: ТК Велби, Изд-во 
Проспект, 2005, с.497-499. 
20
Qaralsin: Экономика: Учебник, 3-е изд., перераб. и доп. / Под ред. д-ра экон. наук, проф. А.С.Булатова. – 
М.: Экономистъ, 2005, с.691.


262 
mamlakatlarda tashqi dunyo bilan bevosita yoki bilvosita aloqaga kirishmagan 
tarmoq yoki sohalar tobora kamayib bormoqda.
Demak, jahon xo‘jaligi – bu xalqaro mehnat taqsimoti, savdo-ishlab 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling