U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Takrorlash uchun savol va topshiriqlar


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

Takrorlash uchun savol va topshiriqlar 
 
1. Davlatning aholi daromadlarini shakllantirish siyosati deganda nimani 
tushunasiz?


259 
2. Ijtimoiy 
adolatni 
ta’minlashda aholi daromadlarini shakllantirish 
siyosatining roli qanday? 
3. Aholi daromadlari tushunchasini va uning darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi 
omillarni sanab ko‘rsating. 
4. Turmush darajasi va uning tushunchasiga izoh bering.
5. Turmush darajasini qanday ko‘rsatkichlar xarakterlab beradi? 
6. Daromadlar tengsizligining asosiy sabablarini sanab ko‘rsating va ularga 
tushuntirish bering. 
7. O‘zbekistonda davlat yordam dasturlari tizimini isloh qilish va uni hozirgi 
davrdagi asosiy yo‘nalishlariga o‘z fikringizni bildiring. 


260 
18-BOB. ISHLAB CHIQARISHNING BAYNALMINALLASHUVI. 
O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTINING JAHON XO‘JALIGIGA 
INTEGRATSIYALASHUVI MUAMMOLARI 
Hozirgi zamon jahon xo‘jaligi rivojining muhim tamoyili milliy 
xo‘jaliklarning baynalminallashuvi, shu asosda jahon xo‘jaligi va avvalo jahon 
bozorining shakllanishi va rivojlanishidan iborat. Bu insoniyat taraqqiyoti uchun 
ijobiy bo‘lgan jarayonga etmish yildan ortiq davr davomida dunyoning ikki 
qarama-qarshi ijtimoiy-siyosiy tizimiga bo‘linganligi qarshi ta’sir ko‘rsatib keldi. 
Hozir yangi davr boshlandi, dunyoning iqtisodiy rivojlanishi va shunga mos 
ravishda O‘zbekiston bilan jahon hamjamiyati mamlakatlari o‘rtasidagi 
aloqalarning butunlay yangi imkoniyatlari vujudga keldi. 
O‘zbekiston va jahon hamjamiyati mamlakatlari o‘rtasidagi har tomonlama 
aloqalarning kengayishi va chuqurlashuvi har ikki tomon uchun iqtisodiy va 
siyosiy jihatdan foydali hisoblanadi. Shu bilan birga, har bir mamlakat 
iqtisodiyotining rivojlanishi, uning milliy xo‘jaligi ko‘p darajada nafaqat bu 
mamlakatning ichki imkoniyatlari bilan, balki uning xalqaro ijtimoiy mehnat 
taqsimotida qatnashish darajasi va miqyosi, butun insoniyat resurslari bilan 
aniqlanadi. 
Bu holatlar jahon xo‘jaligi aloqalari va milliy xo‘jaliklarning iqtisodiy 
rivojlanish muammolarini alohida tahlil qilishni taqozo qiladi. Shunga ko‘ra ushbu 
bobda jahon xo‘jaligining tarkib topishi, bunda ishlab chiqarishning 
baynalminallashuvi va globallashuv jarayonlarining o‘rni, xalqaro iqtisodiy 
munosabatlarning shakllari, jahon infratuzilmasining rivojlanishi, jahon xo‘jaligi 
aloqalarini xalqaro tartibga solish masalalari bayon etiladi.

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling