U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

daromad darajasi bo‘yicha guruhlarga ajratish hisoblanadi. Bunday yondoshuv 
BMT, Xalqaro valuta fondi (XVF), Jahon tiklanish va taraqqiyot banki (JTTB) 
tomonidan qo‘llaniladi. Masalan, JTTB daromad darajasiga ko‘ra mamlakatlarning 
uchta guruhini farqlaydi. 1995 yili aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi milliy 
daromadlarning quyidagi chegaraviy miqdorlari belgilangan edi:
- daromadlarning past darajasi – 765 dollargacha (49ta mamlakat); 
- daromadlarning o‘rtacha darajasi – 766 dollardan 9385 dollargacha (58ta 
mamlakat); 
- daromadlarning yuqori darajasi – 9386 dollar va undan yuqori (26ta 
mamlakat).
Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlashga umumiy asosda yondashib 
xo‘jalik tizimlarining xususiyatlariga mos ravishda davlatlarning uchta guruhini 
1
Karimov I.A. «O‘zbekiston buyuk kelajak sari» T.: «O‘zbekiston», 1998. 267-bet. 


264 
ajratib ko‘rsatish mumkin: rivojlangan, bozor iqtisodiyotiga asoslangan holda 
rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyoti mavjud bo‘lmagan mamlakatlar. 
Rivojlanganlik darajasi bo‘yicha ham o‘z navbatida uchta guruh farqlanadi: past, 
o‘rtacha va yuqori rivojlangan mamlakatlar. Shimoli-sharqiy Osiyo va Lotin 
Amerikasidagi yangi industrial mamlakatlar (YAIM), yuqori daromadli neft 
eksport qiluvchi mamlakatlar (Saudiya Arabistoni, Quvayt va boshqalar), eng kam 
rivojlangan mamlakatlar (EKRM), shu jumladan eng kambag‘al mamlakatlar 
(Chad, Bangladesh, Efiopiya), har xil mintaqaviy ittifoqlar va baynalminal 
guruhlarga ajratiladi. 
Bu barcha turli-tumanlik bir butun yaxlitlikka o‘zaro iqtisodiy bog‘liqlikning 
har xil jihatlari orqali tortiladi. Hozirgi xo‘jalik aloqalarining chuqurlashib 
borayotganligi 
baynalminallashuvining 
kuchayishi 
hamda 
fan-texnika 
revolusiyasining keng qamrovli tavsifi, aloqa va kommunikatsiya vositalarining 
butunlay yangi roli sharoitida milliy iqtisodiyot o‘z-o‘zini ta’minlash orqali 
samarali amal qilishi mumkin emas. 
Jahon xo‘jalik aloqalarining tez o‘sishi shunday davrlarga to‘g‘ri keladiki, bu 
davrda ishlab chiqarish omillarining harakati tezlashadi, kapital milliy chegaradan 
o‘sib chiqadi, ishchi kuchi migratsiyasi kuchayadi, xalqaro mehnat taqsimotining 
shakllanish jarayoni tezlashadi. Bu shundan guvohlik beradiki, xo‘jalik aloqalarining 
baynalminallashuvini ko‘p jihatdan ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish 
mantiqi taqozo qiladi, ya’ni u milliy chegaradan o‘sib chiqadi va ob’ektiv ravishda 
ishlab chiqarishning baynalminallashuvini zarur qilib qo‘yadi. 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling