U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

ifodalaydi. Alohida mamlakatlarning bunday ixtisoslashuvi mahsulotlari ustun 
darajada eksportga yo‘naltirilgan xalqaro ixtisoslashgan tarmoqlarning 
shakllanishiga olib keladi. 
Dastlabki vaqtlarda xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishi asosan tabiiy 
sharoitlardagi tafovutlarga asoslangan edi. Binobarin, faqat sanoat to‘ntarishidan 
keyin, ya’ni ishlab chiqaruvchi kuchlar baynalminal xususiyat kasb etib, milliy 
xo‘jaliklar doirasidan tashqariga o‘sib chiqa boshlagach, ularning negizidan 
barqaror mehnat taqsimoti va jahon bozori tarkib topadi. Hozirgi vaqtda xalqaro 


266 
mehnat taqsimoti turli ijtimoiy tizimlarni o‘z ichida oluvchi umumjahon xo‘jaligi 
doirasida rivojlanmoqda. 
Xalqaro mehnat taqsimoti va ayirboshlashda qatnashayotgan mamlakatlar bir 
xil sharoitda emas. Bu hol ularning turli geografik ahvoli, tabiiy resurslarining 
tarkibi va miqdori, rivojlanish ko‘lami, darajasi va iqtisodiyotining tuzilishi, ichki 
bozorning hajmi bilan belgilanadi. 
Ana shu farqlar sababli ayrim mamlakatlarda bir xil tovarlarni ishlab 
chiqarishdagi xarajatlar darajasi ham turlicha bo‘ladi. Shuning uchun har bir 
mamlakat o‘zi nisbatan qulayroq, kamroq xarajat bilan ishlab chiqaradigan 
tovarlarni boshqa mamlakatlarga sotishga va aksincha, jahon bozoridan o‘zidan 
ishlab chiqarish uchun xarajat ko‘proq bo‘ladigan yoki tabiiy yoxud boshqa 
sharoitlarga ko‘ra umuman ishlab chiqarib bo‘lmaydigan tovarlarni sotib olishga 
intiladi. 
Tovarlar mamlakatlar o‘rtasida jahon narxlari asosida ayirboshlanadi. Ular 
baynalminal qiymatga asoslanadi. Buning ma’nosi shuki, ijtimoiy zaruriy 
baynalminal mehnat sarflari jahon bozorida e’tirof qilinadi. 
Umuman olganda, jahon narxlarining tashkil topishi odatda, sof holda amalga 
oshmaydi. Baynalminal qiymatning hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiluvchi maxsus 
omillar jahon narxlariga ta’sir qiladi. Tashqi savdo va valuta cheklashlari, valutalar 
qiymatining o‘zgarib turishi, xalqaro monopoliyalar siyosati, birjadagi 
chayqovchiliklar va hokazolar shular jumlasidandir. Shu sababli ayrim 
mamlakatlarning jahon bozoridagi raqobatlashuv qobiliyatidagi farqlar, pirovard 
natijada mehnat unumdorligining milliy darajadagi farqlarini aks ettiradi. 
Rivojlangan mamlakatlarda keyingi o‘n yilliklarda yangi texnologik asoslarga 
o‘tish jahon xo‘jalik aloqalarining tez o‘sishi bilan birga bordi. Takror ishlab 
chiqarish jarayonlarining baynalminallashuvi o‘zining har ikkala shaklida: 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling