U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


 Valuta-moliya sohasidagi davlatlararo tashkilotlar faoliyatining


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

 
3. Valuta-moliya sohasidagi davlatlararo tashkilotlar faoliyatining 
rivojlanishi 
Xalqaro valuta munosabatlari o‘ta beqaror, noaniq va tez o‘zgaruvchi jarayon 
bo‘lib, uni har bir mamlakat hukumatlari bilan bir qatorda valuta-moliya 
sohasidagi davlatlararo tashkilotlar ham tartibga solishga harakat qiladilar. Bunday 
tashkilotlar qatoriga Xalqaro valuta fondi (XVF), Xalqaro taraqqiyot va tiklanish 
banki (XTTB), Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT), Xalqaro 
rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA) kabilarni kiritish mumkin. 
Xalqaro valuta fondi (XVF) o‘ziga a’zo mamlakatlarning valuta kursi va 
to‘lov balanslarini tartibga soladi, ularning valuta-moliyaviy muammolarini hal 
etish maqsadida kreditlar ajratadi, rivojlanayotgan mamlakatlarning ko‘p 
tomonlama to‘lovlari tizimini va tashqi qarzlarini nazorat qiladi.
Qat’iy valuta kurslari amal qilgan davrda XVFning asosiy faoliyati valuta 
nisbatlarini ushlab turish, valuta kurslariga asossiz ravishda ta’sir ko‘rsatishning 
oldini olishga qaratilgan edi. Suzib yuruvchi, erkin valuta kurslariga o‘tilishi bilan 
bu faoliyat yo‘nalishi o‘zgarib, 1978 yili XVFning Nizomi qayta ko‘rib chiqildi. 
Unga ko‘ra, valutani davlatlararo tartiblashning asosi sifatida XVF nazorat 
funksiyalarini kuchaytirish, balanslashtirilmagan xalqaro hisoblashuvlar hamda 
asossiz kurs nisbatlariga ta’sir o‘tkazish dastaklarini kengaytirish ko‘zda tutildi. 


306 
XVF mamlakatlarning to‘lov balanslarini va tashqi qarzlarni tartibga solish 
maqsadida kreditlar ajratadi. Bunda qarz oluvchi mamlakat o‘zining iqtisodiy 
siyosatida XVFning tavsiyasiga binoan o‘zgartirishlar kiritishi talab etiladi. 1 
yildan 3 yilgacha bo‘lgan muddatdagi moliyaviy-iqtisodiy barqarorlashtirish 
dasturi ko‘rinishidagi bunday o‘zgarishlar fond bilan kelishilgan holda amalga 
oshiriladi va bunga mamlakatning to‘lovga layoqatligi to‘g‘risidagi o‘ziga xos 
xalqaro guvohnoma sifatida qaraladi.
1970 yildan boshlab XVF xalqaro to‘lov va zahira vositalari – qarz olishning 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling