99
Alohida tarmoqning iqtisodiyotdagi ahamiyatiga
qarab amalda ish haqini va
mansab maoshlarini farqlantirish ishlari amalga oshiriladi. Bunda mamlakat uchun
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan etakchi tarmoqlarga tajribali,
malakali kadrlarni
jalb etish, bu tarmoqlarda ishchi va xizmatchilar tarkibi barqaror bo‘lishini
ta’minlaydigan sharoitlarni vujudga keltirish maqsadi ko‘zlanadi.
Respublikamizda ham tarif tizimi orqali ish haqi tabaqalashtirilib,
turli kasblar
va ish turlari uchun ish haqi to‘lashning yagona razryadlari aniqlangan. Narxlar
o‘sishi bilan minimal ish haqi darajasi (1-razryad) hamda
barcha razryadlar ular
o‘rtasidagi nisbat saqlangan holda oshirib boriladi.
3. Foydaning mohiyati, tarkib topish xususiyatlari va tarkibiy qismlari
Korxonalarning faoliyatiga baho berishda sotilgan mahsulotlarning hajmi,
ularga qilingan sarf-xarajatlar va foyda tushunchalaridan keng foydalaniladi.
Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablag‘lar ularning pul
tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi. Korxona, pul daromadlaridan
sarflangan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi foyda
deb yuritiladi. Ayrim adabiyotlarda bu
iqtisodiy foyda deb ham yuritiladi.
Foydaning tarkib topishi ikki bosqichdan o‘tadi:
birinchi bosqichda foyda ishlab chiqarish
jarayonida yangi qiymatning
yaratilish chog‘ida vujudga keladi. YAngidan yaratilgan qiymat tarkibidagi
qo‘shimcha qiymat foydaning asosiy manbai hisoblanadi, biroq u hali aniq foyda
shaklida namoyon bo‘lmaydi;
Do'stlaringiz bilan baham: