122
Nufuzli narx – aholining yuqori daromad oluvchi qatlami xarid qiladigan
tovarlarni sotishda qo‘llaniluvchi narx.
Narx diapazoni – narxlar oralig‘idagi farqning puldagi ifodasi.
Erkin narx – talab va taklif ta’sirida shakllanadigan bozor narxi.
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar
1. Raqobatning mohiyati va maqsadini tushuntirib bering.
2. Raqobatning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Bu vazifalarning bir-
biridan farqini ajratib ko‘rsating.
3. Raqobat shakllariga tushuncha bering va ularning har biriga xos belgilarini
ko‘rsating.
4. Tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatning farqini tushuntirib bering.
5. Raqobatlashuvning demping narxlarni qo‘llash usuli qanday sharoitlarda
amalga oshiriladi?
6. Raqobat muhitining shakllanishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?
7. Narxning iqtisodiy mazmunini uning vazifalari orqali tushuntirib bering.
Narx asosiy turlarining qisqacha tavsifini bering.
8. Narxning tashkil topishi borasida qanday nazariyalar mavjud?
Ularning
afzallik va kamchilik tomonlarini ko‘rsatib bering.
9. Narx siyosati nima? O‘zbekistonda narx siyosati amalga oshirilishining
qanday xususiyatlari mavjud?