U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

P - MC 
L =

P va MC o‘rtasidagi tafovut qanchalik kata bo‘lsa, monopol hukmronlikning 
darajasi ham shu qadar yukori bo‘ladi. L miqdori 0 va 1 oralig‘ida bo‘ladi 
(0≤L≤1). P = MC bo‘lgan mukammal raqobat sharoitida Lerner indeksi 0 ga teng 
bo‘ladi. 
3. Monopoliyaga qarshi qonunchilikning vujudga kelishi va rivojlanishi
 
Monopoliya holati tarmoqdagi ishlab chiqarishning ahamiyatli qismini 
egallab olish (ishlab chiqarish va kapitalning konsentratsiyalashuvi va 
markazlashuvi), bozorlarni bo‘lib olish va narx darajasi to‘g‘risida yashirin va 
oshkora kelishuvlar, sun’iy taqchilliklarni vujudga keltirish va boshqa shart-
sharoitlar asosida vujudga kelishi mumkin. Shunga ko‘ra, bunday holatlarga qarshi 
kurashish uchun XIX asrning oxirlaridayoq AQSH va Evropaning rivojlangan 


129 
mamlakatlarida monopoliyaning salbiy kuchlariga ma’lum cheklovlar kiritishga 
harakat qilina boshlandi.
Nisbatan mukammal monopoliyaga qarshi qonunchilik sifatida AQSH 
qonunchiligini ko‘rsatish mumkin bo‘lib, u 3ta asosiy qonundan iborat: 
1. Sherman qonuni (1890 y.). Bu qonun orqali savdoni yashirin 
monopollashtirish, u yoki bu tarmoqda yakka nazoratni qo‘lga kiritish, narx 
buyicha kelishuvlar taqiqlanadi. 
2. Kleyton qonuni (1914 y.). Bu qonun sotish sohasidagi ma’lum 
cheklashlarni, narx bo‘yicha kamsitish, ma’lum ko‘rinishdagi birlashuvlar, o‘zaro 
bog‘liq direktoratlarni taqiqlaydi. 
3. Robinson-Petmen qonuni (1936 y.). Savdo sohasidagi cheklovlarni, 
«narxlar qaychisi», narx bo‘yicha kamsitishlarni taqiqlaydi. 
1950 yilda Kleyton qonuniga Seller-Kefover tuzatishi kiritildi: noqonuniy 
birlashish tushunchasi aniqlab berildi. Masalan, aktivlarni sotib olish yo‘li bilan 
birlashish taqiqlandi. Agar Kleyton qonuni orqali yirik firmalarning gorizontal 
birlashmalariga cheklovlar belgilangan bo‘lsa, Seller-Kefover tuzatishi vertikal 
birlashuvlarga chek qo‘ydi. 
Monopoliyaga qarshi qonunchilikni amalga oshiruvchi davlat idoralari 2ta 
prinsipga yondoshishlari mumkin: 1) qonun talablariga qat’iy amal qilgan holda; 2) 
«oqilona yondashuv» prinsipi orqali. Masalan, SHerman qonuni talabiga ko‘ra, har 
qanday ikkita sherikning birgalikda ish yuritish borasidagi harakatini qonunchilik 
tomonidan ta’qib etilishi mumkin. «Oqilona yondoshuv» orqali esa faqat 
savdoning oqilona bo‘lmagan cheklovlari (bitimlar, birlashuvlar, sun’iy taqchillik 
hosil qilish) ta’qib qilinishi mumkin. 
Monopoliyaga qarshi qonunchilikni amalga oshirish juda murakkab jarayon 
hisoblanadi. Davlat monopoliya holatini cheklash orqali Ayni paytda raqobatga 
ham putur etkazib qo‘ymasligi lozim.
Shunisi ham muhimki, trestga qarshi qonunchilik yirik korporatsiyalarga 
qarshi qaratilmagan. Chunki korxonalarning miqyosi hali ularni monopoliya 


130 
sifatida talqin etish uchu nasos bo‘la olmaydi. Monopoliyaga qarishi tartibga solish 
samarali raqobatga putur etkazuvchi cheklovchi amaliyotga qarshi yo‘naltirilgan.

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling