U yu. O„roqov
-rasm Davlat xaridlari bo„yicha elektron auksion savdolar natijasida byudjet
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
1. Якка муаллифдаги ўқув қўлланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2011 й. 2012 й. 2013 й. 2014 й. 2015 й. 2016 й. 2017 й.
1-rasm
Davlat xaridlari bo„yicha elektron auksion savdolar natijasida byudjet mablag„larining iqtisod qilinishi 25 O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 avgustdagi PQ-3237- sonli Qarori bilan O„zRTXBda o„tkaziladigan elektron auksion savdolari bekor qilindi, 2018 yil aprel oyidan takomillashtirilgan elektron auksion tizimi joriy etildi Rasm ma‘lumotlaridan ko‗rinib turibdiki, davlat xaridlari tizimida elektron auksion savdolarini joriy qilinishi natijasida 2011 yilda byudjet mablag‗larining 22 mlrd.so‗mi yoki byudjet tashkilotlarida ushbu tovar(ish,xizmat)larni sotib olish uchun rejalashtirilgan mablag‗larning 12 foizi iqtisod qilindi. Mos ravishda 2012 yilda 81,4 mlrd.so‗m (19 %), 2013 yilda 83 mlrd.so‗m (16,6 %), 2014 yilda 117,3 mlrd.so‗m (20 %), 2015 yilda 139,8 mlrd.so‗m (22%), 2016 yilda 133 mlrd.so‗m (18,2 %), 2017 yilda 136,9 mlrd.so‗m (23,8 %) byudjet mablag‗i tejaldi. 25 O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‗zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi sayti ma‘lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan 22 81,4 83 117,3 139,8 133 136,9 12 19 16,6 20 22 18,2 23,8 0 20 40 60 80 100 120 140 160 2011 й. 2012 й. 2013 й. 2014 й. 2015 й. 2016 й. 2017 й. Бюджет маблағларини тежалиши, млрд сўм Бошланғич баҳога нисбатан бюджет маблағларини тежалиши, фоизда 38 Tajribadan o‗tgan elektron auksion savdolarning samaradorligidan kelib chiqib, mazkur savdolarga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub‘ektlarini yanada kengroq jalb etish uchun qulay sharoitlar yaratish, xarid tizimida raqobatni rivojlantirish va oshkoralikni ta‘minlash, hamda mablag‗lardan maqsadli va oqilona foydalanish maqsadida O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Elektron xaridlar tizimini maqbullashtirish va ulardan tadbirkorlik sub‘ektlarining foydalanishini kengaytirish to‗g‗risida‖ Qarori 26 qabul qilindi. Unda korporativ xaridlar hamda xizmatlar narxlarini maqbullashtirish maqsadida 2013 yilning 1 mayidan boshlab ustav jamg‗armasida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‗lgan tabiiy monopoliya sub‘ektlari, davlat unitar korxonalari va xo‗jalik jamiyatlari ham ayrim turdagi tovar(ish, xizmat) larni bir shartnoma bo‗yicha ekvivalenti 300 AQSh dollaridan 100 ming AQSh dollarigacha bo‗lgan miqdorda O‗zbekiston Respublika tovar – xom ashyo birjasining alohida savdo maydonchasida tashkil qilinadigan elektron savdolar vositasida xarid qilishi belgilandi. O‗zbekiston Respublika tovar – xomashyo birjasi tomonidan o‗tkaziladigan elektron savdolarda davlat ulushi ustuvor bulgan tabiiy monopoliya sub‘ektlari, korxonalar va tashkilotlar xarid qiladigan ayrim tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‗yxati maxsus Hukumat komissiyasi tomonidan belgilanadigan bo‗ldi. Mazkur korporativ xaridlar tizimidagi elektron auksion savdolaridan ham ijobiy natijalarga erishildi (2-jadvalga qarang). Jadval ma‘lumotlaridan ko‗rinib turibdiki, korporativ xaridlar tizimida elektron auksion savdolarini joriy qilinishi natijasida 2013 yilda 10,6 mlrd.so‗m (14,7 %), 2014 yilda 64,1 mlrd.so‗m (15,5 %), 2015 yilda 68,4 mlrd.so‗m (16,6 %), 2016 yilda 95,5 mlrd.so‗m (17,7 %),2017 yilda 101,5 mlrd.so‗m (21,8 %) moliyaviy mablag‗ tejaldi. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling