U yu. O„roqov


UO„K: 339.1(575.1)(075.8)


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/94
Sana20.02.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1216070
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
Bog'liq
1. Якка муаллифдаги ўқув қўлланма

UO„K: 339.1(575.1)(075.8) 
KBK: 65.290(5Узб)я7 
Taqrizchilar: 
F.X.Maxamedov 
– O‗zbekiston Respublika tovar-xom ashyo
birjasining Toshkent filiali boshqaruvchisi 
N.E.Jiyanova
– TMI,―Moliya‖ kafedrasi professori, i.f.n 
ISBN 978–9943–8102–4–2 
© U.Yu.O„roqov, 2022 
© «Nihol print» OK, 2022 
 
 



 
KIRISH 
Bugungi kunda byudjet tashkilotlari va muassasalari hamda ustavida 
davlat ulushi 50% dan yuqori bo‗lgan korporativ tashkilotlarning 
mablag‗laridan tejamkorlik asosida foydalanish, ular ehtiyojlari uchun xarid 
qilinadigan tovar (ish,xizmat)larni elektron axborot tizimlari orqali 
tashkillashtiriladigan savdolar orqali amalga oshirish alohida e‘tibor 
qaratilmoqda. 
Byudjet mablag‗laridan oqilona foydalanishga samarali davlat xaridi 
tizimini shakllantirmasdan turib erishib bo‗lmaydi. Ma‘lumki, davlat byudjeti 
mablag‗larining katta qismi byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‗ 
oluvchilarning tasdiqlangan ehtiyojlarini tovar, ish, xizmatlar bilan 
ta‘minlashga sarflanadi.
Davlat xaridlarini samarali tashkil etishdan ko‗zlangan maqsad 
davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg‗armalarining, shuningdek
ustavida davlat ulushi 50% dan yuqori bo‗lgan tashkilotlarning mablag‗lari 
hisobidan byudjet tashkilotlari, byudjet va byudjetdan tashqari 
jamg‗armalardan mablag‗ oluvchilar, korporativ buyurtmachilarning 
ehtiyojlari uchun tovar(ish,xizmat)larni optimal narx va sifatda sotib 
olishga erishishdir. 
Bu maqsadga erishish uchun bo‗lajak moliya tizimidagi
mutaxassislarda, ya‘ni talabalarda davlat xaridining mohiyati, uni tashkil 
etish jarayoni va mexanizmi, xaridni tashkil etish tartib-taomillari, davlat 
xaridlariga oid umumiy talablar, davlat xaridini takomillashtirishdagi 
mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‗nalishlarini o‗rganish 
borasida nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish muhim ahamiyatga 
ega. 
Oliy ta‘limning 52320000 – ―Davlat byudjetining g‗azna ijrosi‖ 
bakalavriat ta‘lim yo‗nalishida ta‘lim olayotgan talabalar kelajakda moliya 
tizmi organlari (moliya, g‗aznachilik, pensiya bo‗limlari)da, byudjet 
tashkilotlarida, yoki byudjet va byudjetdan tashqari jamg‗armalardan 
mablag‗ oluvchi boshqa tashkilotlarda, davlat ulushu 50 % va undan 
yuqori bo‗lgan korporativ tuzilmalarda mehnat faoliyatini yuritganlarida 
davlat xaridi tizimining bevosita yoki bilvosita ishtirokchisi bo‗ladilar. 
Shu bois, bo‗lajak mutaxassislarda mazkur tizim bo‗yicha etarlicha nazariy 
va amaliy bilimlarni shakllantirish maqsadida mazkur ta‘lim yo‗nalishi 
o‗quv rejasiga ―Davlat xaridi‖ fani kiritilgan. 
Bu fanni o‗qitishni zaruriyatini davlat byudjeti va byudjetdan 
tashqari jamg‗armalarining, ustavida davlat ulushi 50% va undan yuqori 

 
bo‗lgan korporativ tuzilmalar mablag‗laridan oqilona va tejamkorlik 
asosida foydalanishni ta‘minlash, ular ehtiyojlari uchun tovar va 
xizmatlarni optimal narxda va mukammal sifatda sotib olinishi bo‗yicha 
bo‗lajak mutaxassislarda bilim va amaliy ko‗nikma hosil qilish bilan 
izohlash mumkin. Maskur o‗quv qo‗llanma aynan mana shu maqsadga 
xizmat qiladi. 
Ushbu qo‗llanmada ―Davlat xaridi‖ fanining predmeti, obyekti, 
metodi va boshqa fanlar bilan o‗zaro aloqadorligi, davlat xaridini tashkil 
etishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va uni iqtisodiyotga ta‘siri, davlat 
xaridini tashkil etishning huquqiy asoslari, davlat xaridini tashkil etish 
modellari va shakllari, davlat xaridlari jarayoniga doir umumiy talablar, 
elektron do‗kon orqali davlat xaridlarini amalga oshirish, boshlang‗ich 
narxni pasaytirish uchun o‗tkaziladigan auksion, tanlov savdolari, tender 
orqali davlat xaridlarini amalga oshirish, yagona etkazib beruvchi bilan 
amalga oshiriladigan davlat xaridlari, xarid qilish tartib-taomillarini 
monitoring va nazorat qilish kabi mavzular uzviylik va uzluksizlik nuqtai-
nazaridan mantiqiy ketma-ketlikda o‗z aksini topgan.




Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling