U yu. O„roqov
“Davlat xaridi” fanining metodlari va boshqa fanlar bilan o„zaro
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
1. Якка муаллифдаги ўқув қўлланма
1.3. “Davlat xaridi” fanining metodlari va boshqa fanlar bilan o„zaro
bog„liqligi Har bir fanning metodi obyektiv borliqni, tabiat va jamiyatni rivojlanishni o‗rganishda qanday yondashish lozimligini ko‗rsatadi. Fanning o‗z predmetini o‗rganish usullari, vositalari uni metodi 1 ni ifodalaydi. Metod bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo‗llari, qonun - qoidalari va aniq hodisalaridir. Metod umumilmiy tavsifga ega, lekin har bir fan o‗zining predmetidan kelib chiqib, o‗zining ilmiy bilish usullariga 1 Metod-grekcha ―metodos‖ so‗zidan olingan bo‗lib, nazariyot, ta‘limot va amaliyotlarni o‗rganishdagi izlanishlar yo‗li degan ma‘noni anglatadi. 9 ega bo‗ladi. Shuning uchun metod umumilmiy va ayni vaqtda xususiy bo‗ladi. Dialektika ilmiy bilishning umumiy usuli bo‗lib xizmat qiladi. Dialektik uslubning mohiyati shundan iboratki, iqtisodiy hayotning barcha xodisalari va jarayonlari o‗zaro bog‗liqlikda va to‗xtovsiz rivojlanishda ko‗rib chiqiladi. O‗zgarish va rivojlanishlar qarama- qarshiliklar qonuniyatlari asosida bo‗lib,obyektiv haqiqat, haqiqiy borliq ifodalanadi, deb qaraladi. Ya‘ni, har bir jarayon, iqtisodiy hodisa bor, mavjud va rivojlanishda deb qaraladi. Bu jarayonlar sondan sifat o‗zgarishiga va yangi sifatning paydo bo‗lishiga, inkorni inkor qilish, qarama qarshilik kurashiga, eskini tugashi va yangi ilg‗or jarayonlarni paydo bo‗lish xususiyatiga ega bo‗ladi. ―Davlat xaridi‖ fanining boshqa iqtisodiy fanlar singari o‗ziga xos tadqiqot usullari xam mavjud. Ulardan eng asosiylari quyidagilar: A) ilmiy abstraktsiya usuli – voqea-hodisalarning tahlil paytida xalal berishi mumqin bo‗lgan ikkinchi darajali belgilari e‘tibordan chetlashtirilib, o‗rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga, tegishli belgilarga e‘tiborini qaratishdir. B) tahlil va sintez usuli – tahlil bu o‗rganilayotgan bir butunni alohida qismllarga ajratish va ularni izchillik bilan tahlil qilish, sintez esa – hodisa va jarayonlarni qismlarga bo‗lish asosida umumiy xulosa chiqarishdir. S) mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli – tarixiylik dalili iqtisodiy fanlarda ham tarixiy nuqtai nazaridan tadqiqot olib borishni zarur qilib qo‗yadi. Chunki iqtisodiy jarayonlar jamiyatning tarixiy rivojlanish bosqichlarida ro‗y beradi. Mantiqiylik usulida jarayonlar faqatgina tarixiy nuqtai nazardan emas, shu bilan birga ichki zaruriy va qonuniy bog‗lanishlar bo‗yicha ham tahlil qilinadi. ―Davlat xaridi‖ fanini o‗rganishda shuningdek, induktsiya va deduktsiya, taqqoslash, iqtisodiy-matematik usullardan ham foydalaniladi. Ta‘kidlash joizki, bugungi kunda amaliyotda davlat xaridi tizimini boshqarishda iqtisodiy-matematik usullardan keng foydalanilmoqda. Iqtisodiy-matematik usullarga korrelyatsion va regression tahlil usuli, integral usuli, chiziqli programmalashtirish, grafik usullar kabi usullar kiradi. Iqtisodiy-matematik usullar iqtisodiy axborotlarni kompyuterlarga kiritish, hisoblash va qayta ishlash, chuqur tahlil qilish, tegishli hisobot ma‘lumotlarini tayyorlash, hamda bu ma‘lumotlarni qisqa fursatda mas‘ul idora va tashkilotlarga yuborishda qo‗llaniladi. 10 Bu usullar yordamida iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning mazmuni, ularda yuz berayotgan o‗zgarishlar, ularning kelib chiqish sabablari aniqlanib va zaruriy xulosalarga kelinadi. Hozirgi kunda davlat moliyasini isloh qilish sharotida iqtisodiy jarayonlar va munosabatlardagi o‗zgarishlar har bir fan mazmunini sifat jihatdan yangilashni, tubdan qayta ko‗rib chiqishni taqazo qilmoqda. ―Davlat xaridi‖ fani mazkur obyektiv talabdan kelib chiqqan aniq iqtisodiy fan bo‗lishi bilan bir qatorda, boshqa fanlardagi umumiy qonuniyatlar, tartiblarga rioya qiladi. Ya‘ni, ko‗pgina iqtisodiy fanlar bilan o‗zaro bog‗likda bo‗ladi. Jumladan, ―Davlat xaridi‖ fani ―Iqtisodiyot nazariyasi‖ fani bilan chambarchars bog‗liqdir. ―Iqtisodiyot nazariyasi‖da iqtisodiy kategoriyalar va atamalarning mazmuni va mohiyati ochib berilsa, ―Davlat xaridi‖ fanida ushbu iqtisodiy kategoriyalar va atamalarning amal qilish mexanizmi o‗rganiladi. Masalan, ―Iqtisodiyot nazariyasi‖ fanida ―bozor‖ degan atamaning mazmuni nima ekanligi, uning turlari, ishtirokchilari haqida nazariy bilimga ega bo‗lsak, ―Davlat xaridi‖ fanida ―bozor‖ning hayotiy shakllari – yarmarka savdolari, birja savdolari, elektron auksion savdolari, elektron katalog orqali savdolar, ochiq va yopiq tenderlar hamda ularni amalga oshirish tartibini o‗rganamiz. ―Davlat xaridi‖ fani ―Moliya‖ fani bilan ham bog‗liqdir. Masalan, ―Moliya‖ fanining ―Davlat byudjeti xarajatlari‖ degan mavzusida byudjet xarajatlarining tarkibi, xarajatlar smetalar asosida moliyalashtirish tartibi tushuntirilsa, ―Davlat xaridi‖ fanida ana shu smetalarning uchinchi va to‗rtinchi guruhlarida aks ettirilgan ehtiyojlarni xarid qilish va moliyalashtirish mexanizmi o‗rganiladi. O‗zbekistonda davlat byudjetining g‗azna ijrosi amal qilishi, yagona g‗azna hisobraqamini yuritilishi, shuningdek, O‗zbekiston Respublikasida davlat xaridlari bo‗yicha vakolatli organ – O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ekanligi, O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‗aznachiligi davlat xaridlari tizimida tuzilgan shartnomalarni, yuridik majburiyatlarni va ushbu shartnomalarni moliyalashtirish yuzasidan moliyaviy majburiyatlarni ro‗yxatga olish, ularni moliyalashtirish O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‗aznachiligi va uning hududiy bo‗linmalari tomonidan amalga oshirilishi bevosita ―Davlat xaridi‖ fanini ―G‗aznachilik‖ fanini o‗zaro bog‗liqda o‗rganishni talab qiladi. Davlat xaridlari tizimida yarmarka savdolari, birja savdolari, elektron auksion savdolarining qo‗llanishi, mazkur savdo turlari va 11 ularning ishtirokchilari, savdolarga va undagi ishtirokchilarga qo‗yilgan talablar yuzasidan etarli ma‘lumotga ega bo‗lish uchun ―Davlat xaridi‖ fanini o‗rganishda ―Moliya bozori va moliyaviy tehnologiyalar‖ fanini ham puxta bilish talab etiladi. ―Davlat byudjeti‖ fanida davlat byudjetining funksional xarajatlari, byudjet so‗rovini tayyorlash va taqdim etish tartibi, hamda belgilangan norma va normativlar asosida xarajatlar smetalarini tuzish, ro‗yxatdan o‗tkazish, byudjetdan moliyalashtirish kabi byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‗ oluvchilar faoliyatini moliyalashtirishdagi asosiy jarayonlarni o‗rgatilishi ―Davlat xaridi‖ fanini ―Davlat byudjeti‖ fanini bevosita bog‗ligini ko‗rsatadi. Byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‗ oluvchilar tomonidan davlat xaridi tizimida xarid qilingan tovar (ish, xizmatlar) yuzasidan belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini, hamda tegishli hisobotlarni yuritishning zaruriyati ―Byudjet hisobi‖ fanini ham ―Davlat xaridi‖ fani bilan iqtisodiy aloqadorligini namoyon qiladi. Davlat byudjeti va byudjet tashqari jamg‗armalar, ustavida davlat ulushu 50 % va undan yuqori bo‗lgan korporativ tuzilmalar mablag‗laridan oqilona va tejamkorlik asosida maqsadli foydalanganlik darajasi, davlat xaridi tizimini amaldagi qonunchilik doirasida amalga oshirilishi, byudjet tashkilotlari, byudjetdan mablag‗ oluvchilar hamda ustavida davlat ulushu 50 % va undan yuqori bo‗lgan korporativ tuzilmalar tomonidan moliyaviy qonunchilikka rioya etilishi ustidan davriy ravishda nazorat organlari tomonidan moliyaviy nazoratni amalga oshirilib turilishi, ―Davlat xaridi‖ fanining ―Moliyaviy nazorat‖ fani bilan bevosita bog‗liqligini ko‗rsatadi. Shuningdek, ―Davlat xaridi‖ fanida davlat xaridi tizimini baholash, o‗tkazilgan savdolar, undagi iqtisodiy ko‗rsatkichlarni ma‘lum bir davr bilan taqqoslash, solishtirish, natijalarni puxta tahlil qilish uchun ―Iqtisodiy matematika‖ va ―Iqtisodiy tahlil‖ fanlaridan yaxshigina xabardor bo‗lish talab etiladi. Va nihoyat, ―Davlat xaridi‖ fanida elektron do‗kon, elektron auksion, elektron tanlov va tender savdolarini amalga oshirish va o‗tkazishning tashkiliy mexanizmlarini yaxshi tushunish uchun ―Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari‖ fanidan etarli ko‗nikmaga ega bo‗lish lozim. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling