U yu. O„roqov
I QISM. DAVLAT XARIDLARINING ILMIY-NAZARIY VA
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
1. Якка муаллифдаги ўқув қўлланма
I QISM. DAVLAT XARIDLARINING ILMIY-NAZARIY VA TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI 1-BOB. “DAVLAT XARIDI” FANINING OBYEKTI, PREDMETI, METODI VA BOSHQA FANLAR BILAN O„ZARO ALOQADORLIGI 1.1. “Davlat xaridi” fanining mazmuni va uni o„qitishning zaruriyati Jahon miqyosida koronavirus infeksiyasi tarqalishi, korxonalar faoliyatini vaqtincha to‗xtashi eng yirik iqtisodiyotga ega mamlakatlarda ishlab chiqarish va iste‘mol hajmlarining keskin qisqarishi, global ishlab chiqarish zanjirlari va savdo aloqalarining izdan chiqishi, dunyo moliya bozorlarida xom ashyo tovarlari narxining pasayishi va konyunkturaning yomonlashuvini keltirib chiqardi. Global iqtisodiyot tizimining bir qismi bo‗lgan O‗zbekiston iqtisodiyotiga ham mazkur omillar ta‘sir qildi va hamon ta‘sir qilmoqda. Bu esa o‗z navbatida ushbu holatning salbiy ta‘sirlarini yumshatish bo‗yicha samarali, oldini oluvchi choralar ko‗rishni talab qiladi. Bunda ishlab chiqarish, xizmat ko‗rsatish, qishloq xo‗jaligi, turizm, transport, farmatsevtika va to‗qimachilik sanoati kabi respublika iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan tarmoqlarini qo‗llab-quvvatlash va ularning barqarorligini ta‘minlashga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Dunyo iqtisodiyotida bo‗layotgan o‗zgarishlar davlat moliyasiga ham ta‘sir o‗tkazmay qolmaydi, albatta. Mamlakatdagi ijtimoiy va iqtisodiy holatni barqaror saqlab turish uchun davlat moliyasini ham isloh etish lozim bo‗ladi. Ta‘kidlash joizki, davlat moliyasini isloh qilish yuzasidan olib borilayotgan o‗zgarishlarning markazida davlat byudjetining shakllanishi va uning mablag‗laridan yanada samarali foydalanish, byudjet taqchilligi o‗sishiga ta‘sir etuvchi omillarning oldini olish, shu bilan birga byudjet va ustavida davlat ulushi bor korxonalar mablag‗laridan foydalanish jarayonida byudjet intizomlariga rioya etilishini ta‘minlash va bunda mablag‗laridan tejamkorlik asosida maqsadli va oqilona foydalanish, qolaversa, samarali davlat xaridi tizimini shakllantirish orqali mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini ta‘minlash masalalari turadi. Byudjet muassasalari va ustavida davlat ulushi 50% va undan yuqori bo‗lgan korxona va tashkilotlar mablag‗laridan oqilona foydalanishga samarali davlat xaridi tizimini shakllantirmasdan turib erishib bo‗lmaydi. Ma‘lumki, davlat byudjeti mablag‗larining katta qismi byudjet tashkilotlari 6 va byudjetdan mablag‗ oluvchilarning tasdiqlangan ehtiyojlarini tovar, ish, xizmatlar bilan ta‘minlashga sarflanadi. Ustavida davlat ulushi 50% va undan yuqori bo‗lgan korxona va tashkilotlar ham asosiy xarajatlarini tovar, ish, xizmatlarni xarid qilishga sarflaydilar. Ma‘lumki, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 7 fevraldadagi ―Davlat xaridlari tizimini muqobillashtirish va ularga kichik biznes subyektlarini jalb qilishni kengaytirish to‗g‗risida‖gi PQ-1475 sonli Qarorini qabul qilinishi bilan davlat xaridlarini takomillashtirishning yangi davri boshlandi. Mazkur qaror ijrosini ta‘minlash yuzasidan mamlakatimizda davlat xaridlari tizimida inson omilini cheklovchi elektron savdolarni yo‗lga qo‗yish kabi muhim chora-tadbirlar amalga oshirildi. 2018 yilda qabul qilingan ―Davlat xaridlari to‗g‗risida‖gi Qonun va 2021 yilda Qonun yangi tahrirda qabul qilinishi bilan ochiqlik, shaffoflik va raqobatga asoslanga davlat xaridi tizimi joriy etildi va tizim ancha takomillashtirildi. Davlat xaridlarini samarali tashkil etishdan ko‗zlangan maqsad davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg‗armalarining, shuningdek, ustavida davlat ulushi 50% dan yuqori bo‗lgan tashkilotlarning mablag‗lari hisobidan byudjet tashkilotlari, byudjet va byudjetdan tashqari jamg‗armalardan mablag‗ oluvchilar, korporativ buyurtmachilarning ehtiyojlari uchun tovar(ish,xizmat)larni optimal narx va sifatda sotib olishga erishishdir. Bu maqsadga erishish uchun bo‗lajak moliya tizimidagi mutaxassislarda, ya‘ni talabalarda davlat xaridining mohiyati, uni tashkil etish jarayoni va mexanizmi, xaridni tashkil etish tartib-taomillari, davlat xaridlariga oid umumiy talablar, davlat xaridini takomillashtirishdagi mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etishning samarali yo‗nalishlari borasida nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Oliy ta‘limning 5230600 -―Moliya‖, 52320000 – ―Davlat byudjetining g‗azna ijrosi‖ yo‗nalishlarida ta‘lim olayotgan talabalar kelajakda moliya tizmi organlari (moliya, g‗aznachilik, pensiya bo‗limlari)da, byudjet tashkilotlarida, yoki byudjet va byudjetdan tashqari jamg‗armalardan mablag‗ oluvchi boshqa tashkilotlarda, ustavida davlat ulushi 50 % va undan yuqori bo‗lgan korporativ tuzilmalarda mehnat faoliyatini yuritgalarida davlat xaridi tizimining bevosita yoki bilvosita ishtirokchisi bo‗ladilar. Shu bois, bo‗lajak mutaxassislarda mazkur tizim 7 bo‗yicha etarlicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish maqsadida mazkur ta‘lim yo‗nalishi o‗quv rejasiga ―Davlat xaridi‖ fani kiritilgan. Bu fanni o‗qitishni zaruriyatini davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg‗armalarining hamda ustavida davlat ulushu 50% va undan yuqori bo‗lgan korporativ tuzilmalarning mablag‗laridan oqilona va tejamkorlik asosida foydalanishni ta‘minlash, ular ehtiyojlari uchun tovar va xizmatlarni optimal narx va sifatda sotib olish mexanizmlari bo‗yicha bo‗lajak mutaxassislarda bilim va amaliy ko‗nikma hosil qilishdan iborat. ―Davlat xaridi‖ fani davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg‗armalar, ustavida davlat ulushu 50 % va undan yuqori bo‗lgan korporativ tuzilmalar mablag‗lari hisobidan tovar(ish,xizmatlar)ni sotib olish mexanizmini chuqur o‗rganish asosida xulosalar chiqarib, ularni amaliyotga samarali tadbiq etish yo‗llarini o‗rgatadi. ―Davlat xaridi‖ fani davlat xaridi amaliyotidagi eng to‗g‗ri, eng mukammal va eng progressiv usul va mexanizmlarni nazariy o‗rganib, yana amaliyotga eng to‗g‗ri, amalda ijobiy samara bergan usullar va ilg‗or tajribalarni umumlashtirib beradi, amaliyotga yo‗l ko‗rsatish uchun zarur bo‗ladi. Zero, mashhur iqtisodchi olimlar ta‘kidlaganlaridek, ―Nazariyasiz amaliyot yo‗q, amaliyotsiz nazariya yo‗q‖. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling