U yu. O„roqov
Elektron do„konda to„lovni o„tkazish va shartnoma shartlarini
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
1. Якка муаллифдаги ўқув қўлланма
6.4. Elektron do„konda to„lovni o„tkazish va shartnoma shartlarini
bajarilish tartibi Shartnoma shakllangandan keyin 10 kun ichida byudjet buyurtmachisi birjaning G‗aznachilikdagi maxsus hisob varag‗iga pul 78 o‗tkazadi, korporativ buyurtmachi esa shaxsiy kabinet orqali ―To‗lash‖ mexanizmidan foydalanib to‗lovni amalga oshiradi. Birja ijrochiga shaxsiy kabinet orqali 100% to‗lov qabul qilinganligi to‗g‗risida xabar yuboradi. Ijrochi shartnomada belgilangan muddat ichida va uning boshqa shartlariga muvofiq tovarni etkazib beradi. Tovar qabul qilingach, 3 kun ichida byudjet buyurtmachisi byudjet tashkilotlari buxgalteriya hisobi va hisobotining avtomatlashtirilgan tizimining dasturiy kompleksi orqali hisob fakturani tizimga kiritadi, korporativ buyurtmachi shaxsiy kabinet orqali ―Ijro etildi‖ mexanizmidan foydalanib shartnoma shartlari bajarilganligini tasdiqlaydi. Tovar to‗liq etkazib berilgandan so‗ng byudjet buyurtmachisining 3% zakalat summasi Hisob-kitob kliring palatasi tomonidan avtomat ravishda tegishli shaxsiy hisob varag‗iga qaytariladi, korporativ buyurtmachisining 3% zakalat summasi Hisob-kitob kliring palatasi tomonidan blokdan bo‗shatiladi. Elektron xaridlar bo‗yicha tuzilgan barcha shartnomalar ―Mening buyurtmalarim buyicha shartnomalar ro‗yxati‖ bo‗limida joylashtiriladi. Buyurtmachi belgilangan muddatda to‗lovni amalga oshirmagan taqdirda, uning zakalat mablag‗i 3 ish kunida Ijrochining Hisob-kitob kliring palatasidagi hisob varag‗iga o‗tkaziladi. Tuzilgan shartnoma bo‗yicha tovarlar etkazib berilganligi to‗g‗risida ma‘lumot taqdim etilmasa, shartnoma bo‗yicha tovarlarni etkazib berish muddati yakunlangandan so‗ng 3 ish kuni mobaynida Hisob-kitob kliring palatasi byudjet va korporativ buyurtmachi tomonidan kiritilgan mablag‗larni qaytaradi, zakalat mablag‗lari bundan mustasno. Sud yoki Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‗rib chiqish bo‗yicha komissiyasining tegishli qarori qabul qilinguniga qadar buyurtmachi yoki ijrochining zakalatiga band qo‗yadi. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling