U yu. O„roqov


Tanlash natijalarini rasmiylashtirish


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/94
Sana20.02.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1216070
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   94
Bog'liq
1. Якка муаллифдаги ўқув қўлланма

8.4. Tanlash natijalarini rasmiylashtirish 
 
Tanlash natijalariga doir shartnoma tanlash bo‗yicha xarid qilish 
hujjatlarida va o‗zi bilan shartnoma tuzilayotgan tanlash ishtirokchisi 
tomonidan taqdim etilgan taklifda nazarda tutilgan shartlar asosida 
tuziladi. 
Davlat buyurtmachisi tomonidan tanlash bo‗yicha xarid qilish 
hujjatlarida g‗olib shartnomaning shartlari bajarilishi ta‘minotini taqdim 
etganidan keyin shartnoma tuzilishini nazarda tutuvchi shart qo‗yilishi 
mumkin. 
G‗olib shartnoma tuzishni rad etgan taqdirda unga zakalat summasi 
qaytarib berilmaydi. Agar xarid komissiyasi tomonidan zaxiradagi g‗olib 
aniqlangan bo‗lsa, shartnoma tuzish va unga doir majburiyatlarni bajarish 
huquqi zaxiradagi g‗olibga o‗tadi. Bunda zaxiradagi g‗olib g‗olib 
tomonidan taklif etilgan narx bo‗yicha (bundan zaxiradagi g‗olib taklif 
etgan narx g‗olib tomonidan taklif etilgan narxdan past bo‗lgan hollar 
mustasno) shartnoma tuzadi yoki shartnoma tuzishni rad etishi mumkin. 
Agar xarid komissiyasi tomonidan zaxiradagi g‗olib aniqlanmagan 
bo‗lsa yoki zaxiradagi g‗olib shartnoma tuzishni rad etgan bo‗lsa, davlat 
buyurtmachisi Qonun talablariga muvofiq yangi tanlash o‗tkazishi yoxud 
elektron do‗kon yoki auksion orqali xaridni amalga oshirishi mumkin. 
 
 
 
 


91 
 
Nazorat uchun savollar 
1. Qanday xaridlar tanlash orqali amalga oshiriladi? 
2. Eng yaxshi takliflarni tanlash o‗tkazish mezonlari nimalardan iborat? 
3. Tanlash o‗tkazishda kamida necha nafar a‘zodan iborat tarkibda 
xarid komissiyasi tuziladi? 
4. Eng yaxshi takliflarni tanlash o‗tkazilishi to‗g‗risidagi e‘lon davlat 
buyurtmachisi tomonidan qachon maxsus axborot portaliga 
joylashtiriladi? 
5. Eng yaxshi takliflarni tanlash o‗tkazilishi to‗g‗risidagi e‘londa 
qanday axborotlar bo‗lishi kerak? 
6. Eng yaxshi takliflarni tanlash hujjatlarida nimalar bo‗lishi kerak? 
7. Eng yaxshi takliflarni tanlash ishtirokchilari qanday tartibda 
takliflarini beradilar? 
8. Eng yaxshi takliflarni tanlash ishtirokchilarining takliflarini ko‗rib 
chiqish va baholash qancha muddat ichida amalga oshiriladi? 
9. Eng yaxshi takliflarni tanlash komissiyasi kimning tegishli qarori 
bilan tuziladi va tarqatib yuboriladi? 
92 

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling