U yu. O„roqov
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
1. Якка муаллифдаги ўқув қўлланма
Nazorat uchun savollar
1. Davlat xaridi deganda nima tushuniladi? 2. Davlat xarajalari davlat xarididan nima bilan farqlanadi? 3. Davlat xaridi mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga qanday ta‘sir etadi? 20 Смирнов В.И. Ошибочные цели – ложный результат // Государственные и муниципальные закупки – 2008. Сборник докладов III Всероссийской практической конференции-семинара. М.: ИД «Юриспруденция», 2008. С. 133, 142. 31 4. Davlat xaridining subyektlari kimlar? 5. Davlat buyurtmachilari kimlar? 6. Davlat buyurtmachilari qanday huquqlarga ega? 7. Xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi deganda kimlar tushuniladi? 8. Xarid komissiyasi qanday vazifalarni bajaradi? 9. Maxsus axborot portali operatoriga qanday funksiyalar yuklangan? 10. Maxsus axborot portali operatori nimalarga haqli emas? 11. Ekspert xarid tizimida nima vazifani bajardi? 12. Davlat xaridining predmeti nima? 13. Davlat xaridiga oid qanday nazariy qarashlar mavjud? 32 3-BOB. DAVLAT XARIDLARINI TASHKIL ETISHNING MILLIY VA XALQARO HUQUQIY ASOSLARI 3.1. Davlat xaridlarini tartibga soluvchi milliy qonunchilik Ma‘lumki, mamlakat miqyosidagi har qanday jarayon shu davlat iqtisodiy-ijtimoiy hayoti uchun juda muhim hisoblanadi. Chunki bu jarayonlarning natijasi, salbiy yoki ijobiy bo‗lishiga qarab, mamlakat aholisiga, davlatning iqtisodiy mexanizmi va uning tarkibiy qismlariga katta ta‘sir ko‗rsatadi. Davlat xaridi jarayoni ham ulkan hamda murakkab mexanizm bo‗lib, uning to‗g‗ri tashkil etilganligi va mamlakat iqtisodiyotiga zarar emas, balki yuqori samara keltirishi muhim masalalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham makrodarajadagi qanday jarayon yuz bermasin, shu jumladan, davlat xaridi ham, qonunchilik bilan mustahkamlab qo‗yilishi zarur. Aynan qonunchilik davlat xaridi mexanizmini takomillashtirish va uning nazoratini tashkil etishga ko‗maklashadi hamda davlat xaridi subyektlarining manfaatlari nohaq buzilishi, qabul qilingan qonun-qoidalardan chetlanishlarni oldini oladi. O‗zbekiston Respublikasida Davlat xaridini tashkil etish va tartibga solishning qator huquqiy-normativ hujjatlari qabul qilingan. Bu qonun hujjatlari orqali davlat budjeti xarajatlarining va ustavida davlat ulushi bor korxonalar mablag‗larining samarali, maqsadli sarflanishi hamda ularning shaffofligi ta‘minlanadi. Mamlakatimizda o‗tgan davr mobaynida xalqaro tajriba va iqtisodiy islohotlar talablaridan kelib chiqqan holda davlat xaridlarini tashkil etish bo‗yicha o‗ziga xos tizim shakllantirildi. Bunda asosiy urg‗u byudjet mablag‗laridan samarali foydalanish, xarid jarayonida kichik biznes subyektlariga ko‗proq imtiyozlar berish, hamda davlat xaridlari tizimining mavjud mexanizmini xalqaro andozalarga mos holda tashkil etish xususiyatlariga qaratildi. O‗z navbatida davlat xaridlari tizimida zamonaviy shakl va tartib- taomillarini ishlab chiqish hayotiy zaruratga aylandi. Davlat xaridlarini takomillashuvi ushbu sohaning mukammal qonunchilik bazasini yaratishga va uni xalqaro tajribaga mos ravishda rivojlantirishga ham bevosita uzviy bog‗liqdir. Mamlakatimizda davlat xaridlari tizimini rivojlanishini shartli ravishda to‗rt bosqichga bo‗lish mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling