U yu. O„roqov
UO„K: 339.1(575.1)(075.8)
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
1. Якка муаллифдаги ўқув қўлланма
UO„K: 339.1(575.1)(075.8)
KBK: 65.290(5Узб)я7 Taqrizchilar: F.X.Maxamedov – O‗zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasining Toshkent filiali boshqaruvchisi N.E.Jiyanova – TMI,―Moliya‖ kafedrasi professori, i.f.n ISBN 978–9943–8102–4–2 © U.Yu.O„roqov, 2022 © «Nihol print» OK, 2022 3 KIRISH Bugungi kunda byudjet tashkilotlari va muassasalari hamda ustavida davlat ulushi 50% dan yuqori bo‗lgan korporativ tashkilotlarning mablag‗laridan tejamkorlik asosida foydalanish, ular ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan tovar (ish,xizmat)larni elektron axborot tizimlari orqali tashkillashtiriladigan savdolar orqali amalga oshirish alohida e‘tibor qaratilmoqda. Byudjet mablag‗laridan oqilona foydalanishga samarali davlat xaridi tizimini shakllantirmasdan turib erishib bo‗lmaydi. Ma‘lumki, davlat byudjeti mablag‗larining katta qismi byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‗ oluvchilarning tasdiqlangan ehtiyojlarini tovar, ish, xizmatlar bilan ta‘minlashga sarflanadi. Davlat xaridlarini samarali tashkil etishdan ko‗zlangan maqsad davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg‗armalarining, shuningdek, ustavida davlat ulushi 50% dan yuqori bo‗lgan tashkilotlarning mablag‗lari hisobidan byudjet tashkilotlari, byudjet va byudjetdan tashqari jamg‗armalardan mablag‗ oluvchilar, korporativ buyurtmachilarning ehtiyojlari uchun tovar(ish,xizmat)larni optimal narx va sifatda sotib olishga erishishdir. Bu maqsadga erishish uchun bo‗lajak moliya tizimidagi mutaxassislarda, ya‘ni talabalarda davlat xaridining mohiyati, uni tashkil etish jarayoni va mexanizmi, xaridni tashkil etish tartib-taomillari, davlat xaridlariga oid umumiy talablar, davlat xaridini takomillashtirishdagi mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‗nalishlarini o‗rganish borasida nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Oliy ta‘limning 52320000 – ―Davlat byudjetining g‗azna ijrosi‖ bakalavriat ta‘lim yo‗nalishida ta‘lim olayotgan talabalar kelajakda moliya tizmi organlari (moliya, g‗aznachilik, pensiya bo‗limlari)da, byudjet tashkilotlarida, yoki byudjet va byudjetdan tashqari jamg‗armalardan mablag‗ oluvchi boshqa tashkilotlarda, davlat ulushu 50 % va undan yuqori bo‗lgan korporativ tuzilmalarda mehnat faoliyatini yuritganlarida davlat xaridi tizimining bevosita yoki bilvosita ishtirokchisi bo‗ladilar. Shu bois, bo‗lajak mutaxassislarda mazkur tizim bo‗yicha etarlicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish maqsadida mazkur ta‘lim yo‗nalishi o‗quv rejasiga ―Davlat xaridi‖ fani kiritilgan. Bu fanni o‗qitishni zaruriyatini davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg‗armalarining, ustavida davlat ulushi 50% va undan yuqori 4 bo‗lgan korporativ tuzilmalar mablag‗laridan oqilona va tejamkorlik asosida foydalanishni ta‘minlash, ular ehtiyojlari uchun tovar va xizmatlarni optimal narxda va mukammal sifatda sotib olinishi bo‗yicha bo‗lajak mutaxassislarda bilim va amaliy ko‗nikma hosil qilish bilan izohlash mumkin. Maskur o‗quv qo‗llanma aynan mana shu maqsadga xizmat qiladi. Ushbu qo‗llanmada ―Davlat xaridi‖ fanining predmeti, obyekti, metodi va boshqa fanlar bilan o‗zaro aloqadorligi, davlat xaridini tashkil etishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va uni iqtisodiyotga ta‘siri, davlat xaridini tashkil etishning huquqiy asoslari, davlat xaridini tashkil etish modellari va shakllari, davlat xaridlari jarayoniga doir umumiy talablar, elektron do‗kon orqali davlat xaridlarini amalga oshirish, boshlang‗ich narxni pasaytirish uchun o‗tkaziladigan auksion, tanlov savdolari, tender orqali davlat xaridlarini amalga oshirish, yagona etkazib beruvchi bilan amalga oshiriladigan davlat xaridlari, xarid qilish tartib-taomillarini monitoring va nazorat qilish kabi mavzular uzviylik va uzluksizlik nuqtai- nazaridan mantiqiy ketma-ketlikda o‗z aksini topgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling