U yu. O„roqov


 “Davlat xaridi” fanining obyekti, predmeti, maqsadi va vazifalari


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/94
Sana20.02.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1216070
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
Bog'liq
1. Якка муаллифдаги ўқув қўлланма

 
1.2. “Davlat xaridi” fanining obyekti, predmeti, maqsadi va vazifalari 
 
―Davlat xaridi‖ fani boshqa fanlar singari o‗ziga xos predmet, 
maqsad va vazifalarga ega. ―Davlat xaridi‖ fanining obyekti byudjet 
tashkilotlari, byudjet va byudjetdan tashqari jamg‗armalardan mablag‗ 
oluvchilar va ustavida davlat ulushi 50% va undan yuqori bo‗lgan 
korporativ tuzilmalar ehtiyojlari uchun tovar (ish,xizmatlar) xarid qilish 
jarayonlaridir. 
―Davlat xaridi‖ fanining predmeti esa byudjet tashkilotlari, byudjet 
va byudjetdan tashqari jamg‗armalardan mablag‗ oluvchilar hamda 
ustavida davlat ulushi 50% va undan yuqori bo‗lgan korporativ tuzilmalar 
ehtiyojlari uchun tovar(ish,xizmatlar)ni sotib olishni rejalashtirish va 
xaridlarni amalga oshirish mexanizmidagi iqtisodiy va moliyaviy 
munosabatlarni o‗rganishdir. Fanning predmeti ana shu mexanizmni 
chuqur o‗rganish, uni to‗g‗ri tashkil qilishni ta‘minlashdir. To‗g‗ri tashkil 
etish deganda davlat xaridi munosabatlarida qatnashuvchi tomonlarning 
iqtisodiy manfaatini e‘tiborga olib, ular o‗rtasidagi zaruriy muvozanatni 
saqlash kabi munosabatlarni tashkil qilish tushuniladi. Bu muvozanatni 

 
saqlashda tomonlar manfaatini ochiqlik va raqobatlilik tamoyillariga amal 
qilish zarur bo‗ladi.
Demak, ―Davlat xaridi‖ fanini chuqur o‗rganish orqali amaliyotda 
davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg‗armalarining, ustavida davlat 
ulushi 50 % va undan yuqori bo‗lgan korporativ tuzilmalarning 
mablag‗lari hisobidan byudjet tashkilotlari, byudjet va byudjetdan tashqari 
jamg‗armalardan mablag‗ oluvchilarning hamda korporativ tuzilmalar 
ehtiyojlari uchun tovar(ish,xizmat)larni muqobil variantda sotib olishda 
bozor iqtisodiyoti qonuniyatlariga va byudjet qonunchiligi talablaridan 
kelib chiqqan holda tartibga solishga erishish mumkin.
Fanning maqsadi esa bo‗lajak moliya tizimidagi mutaxassislarda, 
ya‘ni talabalarda davlat xaridi siyosatining mohiyati, uni rejalashtirish
tashkil etish jarayoni va mexanizmi, davlat xaridini samarali tashkil va 
boshqarishdagi mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etishning 
istiqbolli 
yo‗nalishlari 
bo‗yicha 
nazariy-amaliy 
bilimlarni 
shakllantirishdan iborat. 
Fanning vazifasi esa talabalarga davlat xaridining iqtisodiy 
ahamiyati; davlat xaridining predmeti va subyektlari; davlat xaridini 
tashkil etish modellari; O‗zbekiston Respublikasida davlat xaridini isloh 
etish borasida hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar; davlat 
xaridining huququy asoslari, xalqaro savdo tashkilotida davlat xaridi 
bo‗yicha shartnomadan ko‗zlangan maqsad; davlat xaridlariga oid umumiy 
talablar, O‗zbekiston Respublikasida Davlat xaridini tashkil etish jarayoni; 
davlat xaridini rejalashtirish; davlat xaridini tashkil etish shakllari; davlat 
xaridlarini tashkil etish tartib-taomillari; davlat xaridlarining nazorat tizimi 
haqida nazariy-amaliy bilimlarni o‗rgatishdan iborat. 

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling