Uch fazali asinxron dvigatelning ishlash prinsipi


Download 1 Mb.
bet1/3
Sana24.01.2023
Hajmi1 Mb.
#1114350
  1   2   3
Bog'liq
A.Ilyosbek02

Asinxron elektr mashinalar

Taqdimoti

ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI AVTOMOBILSOZLIK FAKULTETI MSMSM 1-KURS 73-21 guruh talabasi Abdumutalibov Ilyosbekning ELEKTROTEXNIKA VA ELEKTRONIKADAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI


Asinxron elektr dvigatellari
Uch fazali asinxron mashinalarning tuzulishi
Asinxron dvigatelni yurgizish (ishga tushirish)
REJA:

Asinxron elektr mashina- Rotorning aylanish chastotasi Statrinint Magnit maydoni aylanish chastotasiga mos kelmaydigan o’zgaruvchan tok elektr mashinasi. Asosiy qismlari staninaga o’rnatilgan po’lat o’zak va o‘zakka o‘ralgan chulg‘amlardan iborat stator hamda o‘qqa o‘rnatilgan chulg‘amlar joylashtirilgan vapo‘lat o‘zakdan iborat rotor. Rotor o‘zagi ham, stator o‘zagi ham po‘lat plastinalardan yig‘iladin chulg‘amlarning bir-biriga o‘zaro ulanishi va manbadan tok bilan ta’minlanishi usuliga ko‘ra stator 1 2 3 va ko‘p fazali qilib tayyorlanishi mumkin. 3 va ko‘p fazali chulg‘amlar o‘zaro yulduzcha, uchburchak va ko‘pburchak shaklida ulanadi.

Asinxron elektr dvigatellari

  • Hozirgi vaqtda eng ko’p tarqalgan asinxron elеktr dvigatеllarining paydo bo’lishiga aylanuvchan magnit oqimini hosil qiluvchi qurilmalarni yaratish imkonini bеrgan uch fazali o’zgaruvchan tok sistеmasi sabab bo’ldi. Ularning asinxron dеb atalishining sababi mashinaning aylanuvchi qismi-rotor hamma vaqt magnit oqimi tеzligiga tеng bo’lmagan, ya’ni u bilan sinxron bo’lmagan holda aylanadi. 127V, 220V, 380V, 500V, 600V, 3000V, 6000V va 10000 V kuchlanishlarda vattning ulushlaridan to minglab kilovatt quvvatga mo’ljallab yasaladigan bu elеktr dvigatеlining konstruksiyasi sodda, boshqa elеktr dvigatеllarga qaraganda ishlatishga ishonchli va arzondir. Uni aylanish tеzligini doimiy saqlash zarur bo’lmagan har qanday ishlarda, shuningdеk, bir fazali qilib kichik quvvatlarda turmushda ham ishlatilishi mumkin. Hozirgi vaqtda asinxron mashinalar asosan dvigatеl rеjimida ishlatiladi. Quvvati 0,5 kVt dan ortiq mashinalar odatda uch fazali, kichik quvvatlilari bir fazali qilib tayyorlanadi. Asinxron mashinaning birinchi konstruksiyasi 1889-91 yillarda rus injеnеri Dolivo-Dobrovolskiy tomonidan yaratildi.

. Uch fazali asinxron dvigatelning tuzilishi: aumumiy kesimi; b – qisqa tutashgan rotor; d – stator va rotorning ko‘ndalang kesimi: 1, 11podshipniklar; 2 – val (o‘qi); 3, 9 – podshipnik shitlari; 4sim uchlari
chiqarilgan quticha; 5 – rotor serdechnigi; 6 – stator serdechnigining o‘zagi; 7stator korpusi; 8 – stator o‘ramlari; 10 – ventilator; 12 – kojux; 13qirralari; 14 – o‘qlari; 15 – yerga ulash bolti.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling