Uch hatlab
Download 1.11 Mb.
|
Uch hatlab sakrash texnikasi va taktika qoidalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eshkak eshish
Uch hatlab sakrashda yugurib kelish masofasi uzunlikka sakrashdagidan birmuncha qisqaroq. Tezlik yuqori va u sportchining jismoniy imkoniyati darajasida. YUgurib kelishning boshlanishi uzunlikka sakrashdagi yugurib kelishning boshi bilan bir xil. YUgurib kelishni turgan joyidan yoki qisqa yugurib kelishdan boshlash mumkin, ammo maxsus belgidan boshlash muhim. YUgurib kelish tezligi asta-sekin o‘sib, oxiriga borib eng yuqori nuqtasiga etishi lozim. YUgurib kelishda qadamlar kengligi va sur’atining bir xil bajarilishiga erishish lozim, ayniqsa so‘nggi qadamlarda. Qadamlar ohirida qadamlar tuzilishini o‘zgartirish kerak emas, buning o‘rniga qadamlarni shunday bajarish lozimki, yugurishdan depsinishga o‘tish holatida sportchi o‘zini qulay his qilish zarur.
Vertikal” usuli uchish fazasida oyoqning pastki qismini songa tortib va depsinuvchi oyoqni yo‘lakka peshvoz qilib yuqoridan pastga qo‘yish bilan tavsiflanadi. Odatda, tezkorlik va tezlik-kuch sifati yuqori bo‘lgan sportchilar shu usulda sakraydilar. “Eshkak eshish” usulida siltanish nisbatan yuqori bo‘lib, keyinchalik oyoqni tizza qismidan yoyib va yozilgan oyoqni eshkak eshish kabi harakat bilan erga qo‘yish. “YUguruvchi” usulida qo‘llar xuddi yugurishdagi kabi harakat qiladi, sakrashlar tez amalga oshiriladi. Oyoq yo‘lkaga yuguruvchi harakat bilan qo‘yilib, tana ozgina oldinga egiladi. Asosiysi, uchinchi depsinishga tezlikni saqlab qolib, uni kattaroq bajarish imkoniyatini yaratadi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling