Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari


Uch o‘lchovli modellashtirish


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/14
Sana17.02.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1205613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
3- MODIFIKATORLAR VA SPLAYNLAR YORDAMIDA

Uch o‘lchovli modellashtirish 
kasbi bo’yicha o’quv materiallari 
chiqadi. Lekin undan oldin barcha kerakli ko‘rsatkichlarni sozlab, obyektni 
yaratishni davom ettirish uchun qaytadan birinchi bo‘limga Create 
(Yaratish)ga kirish kerak. 
• Biror bir sodda obyektni yaratishda uning ko‘rsatkichlari buyruqlar 
panelining birinchi bo‘limida ham ko‘rsatiladi. Agarda avval yaratilgan 
obyektlarni belgilaganda, ko‘rsatkichlar ikkinchi bo‘limda bo‘ladi. 
Ko‘rsatkichlarni yo‘qotmaslik kerak. 
SPLAYNLARNING YARATILISHI VA TURLARI 
Create (Yaratish), Shapes (Shakl) bo‘limi bilan tanishish.
Shu paytgacha faqat geometrik obyektlar yaratilar edi, ular hajmli 
hisoblanadi. Lekin 3ds Maxda maxsus obyektlar borki, ular chizish, chiziq 
shaklini yaratish imkonini beradi. Bular spline (splayn) deb ataladi. 
Splaynlar bu oddiy ikki o‘lchamli chiziqlar, ular masalan, CorelDRAW 
va boshqa ikki o‘lchamli vektorli muharrirlarda ko‘rilgan. Nima uchun uch 
o‘lchamli fazoda ikki o‘lchamli chizilqar kerak? Modellarni u yoki bu 
usulda splaynlar asosida yaratilib, ularning asosida uch o‘lchamli modellar 
yaratish mumkin. Bunday usullar bilan modellashtirish splaynli 
modellashtirish deb ataladi va ko‘pgina har xil shakllar yaratish imkonini 
beradi. 
Shuni esda tutish kerakki, 3ds Max - chizish uchun eng yaxshi dastur 
emas, unda to‘liq funksiyalar yo‘q, qaysiki chizmalar, grafiklar, tizimlar va 
boshqalarni yaratish imkoniyati bo‘lsin. Bu maqsadda boshqa dasturlar 
ishlatiladi. Masalan, AutoCAD yoki ArchiCAD. 
Aynan ular chizmalar bilan to‘liq ishlaydi. Ularni qalam va chizg‘ich 
bilan solishtirsa bo‘ladi. 3ds Maxni esa rassomning bo‘yog‘i va 
mo‘yqalami bilan solishtirsa bo‘ladi. Masalan, interyerlar yaratishda aniq 
loyihalar, shakllarning aniq o‘lchamlari yaratiladi, ammo ishchi hujjatlarni 
yaratishda 3ds Max baribir yaramaydi. Shuning uchun splaynlar 
sxemalarni chizish uchun emas, balki uch o‘lchamli obyektlar shakllarini 
chizib olish uchun kerak. 



Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling