Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari


Uch o‘lchovli modellashtirish


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/14
Sana17.02.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1205613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
3- MODIFIKATORLAR VA SPLAYNLAR YORDAMIDA

Uch o‘lchovli modellashtirish 
kasbi bo’yicha o’quv materiallari 
shaklni berish va uni saqlab turishning ilojisi bo‘lmaydi. Segmentlar 
qiymatini 10 gacha oshirilsa, shakl sag‘al to‘g‘rilanadi, lekin qobirg‘alar 
bo‘rtib turadi. Qiymatni 50 gacha oshirilsa, tartibli shar hosil bo‘ladi. 
Quydagi rasmda segmentlar qiymatiga mos shakllar keltirilgan. 
Shaming har xil qiymatli segment ko‘rsatkichlari
 
Segment ko‘rsatkich ostida shar ko‘rsakichlar guruhining Smooth 
(Silliq) opsiyasi joylashgan. Uning yordamida sharning shaklini silliq yoki 
qirrali qilish mumkin. Uning ta’sirini namoyish etish uchun segment 
qiymatini 14 ga yaqin beriladi, silliqlash opsiyasi ko‘chiriladi. Sahnada qirrali 
shar paydo bo‘ladi. 
Endi segment qiymatini o‘zgartirib, obyekt qirralarining sonini 
o‘zgartirish mumkin. Hemisphera (Yarim shar) ko‘rsatkich pastda 
joylashgan, u shardan biror qismni kesib oladi va qandaydir qismini 
qoldiradi. Ko‘rsatkichning qiymati 0 dan 1 gacha o‘zgaradi. Masalan, agar 
qiymat 0,5 ga teng bo‘lsa, sharning yarmi qoladi. Pastda segment to‘ridan 
kesib olish rejimi joylashgan. Chop rejimda to‘r model shakli bilan birga 
kesib olinadi. 
Squash (Siqish) rejimda qirralar soni yo‘qolmay siqiladi. Sharning 
oxirgi ko‘rsatkich guruhi Slice (Bo‘lak). Uning yordamida sharni bo‘laklarga 
tartibli bo‘lish mumkin. Slice On (Bo‘lakka bo‘lish) bayroqcha o‘rnatiladi, 
so‘ngra Slice From (Bo‘lakdan kesish) va Slice Top (Tepadan kesilgan 
bo‘lak) ko‘rsatkichlar yordamida kerakli bo‘lakchaning o‘lchamlari beriladi.
Quydagi rasmda sharni bir qismlarga bo‘lish variantlari ko‘rsatilgan. 


Uch o‘lchovli modellashtirish 
kasbi bo’yicha o’quv materiallari 
 
Slice ko‘rsatkichlar ishlatilgan shar 
 
Shunday qilib, kub va shar misolida shunga ishonch hosil qildikki, 
ko‘rsatkichlar yordamida model shaklini mutlaqo o‘zgartirish mumkin, 
uning qiymatini aniq bergan holda. Shunda o‘xshab boshqa obyektlar 
ko‘rsatkichlarini ko‘rib chiqish mumkin. Masalan, silindrda Radius 
(Radius), Height (Balandlik), Height Segments (Segment balandligi), Cap 
Segments (Segment qoplamasi), Sides Smooth (Silliq tomonlari), Slice 
(Bo‘lak) ko‘rsatkichlar topiladi. Bu ko‘rsatkichlarning ta’siri deyarli 
tushunarli. 
Teapot (Choynak)da Teapot Parts (Choynak qismi) guruh 
ko‘rsatkichlari bor. Bu guruhda Body (Tanasi), Handle (Sopi), Spout 
(Tumshug‘i), Lid (Qopqog‘i) opsiyalar bilan ishlash mumkin. Masalan, 
tumshug‘i va sopi ko‘rsatkichini o‘chirib, choynak o‘rniga tuvak hosil qilish 
mumkin. 
Shunday qilib, obyektlarning ko‘rsatkichlari ularni yaratgandan so‘ng 
shaklini aniqlaydi. Bir vaqtning o‘zida obyektni kerakli gabarit o‘lchamlari 
va segmentlari bilan yaratishning ilojisi yo‘q. Shuning uchun doim 
obyektlarning ko‘rsatkichiga murojjat qilinadi. 
Ishda tartibsizlikdan doimo ikkita xatoliklarga yo‘l qo‘yiladi: 
• Modify (O‘zgartirish) buyruqlar panelining ikkinchi qismiga 
o‘tilganda yangi obyekt yaratishdan oldin undan chiqib ketish esdan 



Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling