Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari
Uch o‘lchovli modellashtirish
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
3- MODIFIKATORLAR VA SPLAYNLAR YORDAMIDA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari
Uch o‘lchovli modellashtirish
kasbi bo’yicha o’quv materiallari Bu usulning mazmuni quiyidagicha: avval splayn yaratiladi, uning shakli bo‘lajak obyektning vertikal kesim aksining yarmiga mos keladi, so‘ngra maxsus modifikator yordamida berilgan splaynni aylantiriladi, to modelga aylanguncha. Ana shu jarayon quydagi rasmda keltirilgan. Obyektning vertikal kesimini va aksini aylantirish MODIFY BUYRUQLAR PANELI BILAN ISHLASH 3ds Max dasturda yaratiladigan obyektlar bir qator ko‘rsatkichlarga ega, ular shaklni aniq tasvirlaydi va alohida tasniflarni sozlaydi. Standart sodda obyektlarning eng kamida ikki guruh ko‘rsatkichlari bor: shakl va segment ko‘rsatkichlari. Uchinchi guruh oddiy bo‘lib, bular aniq obyektning o‘ziga xos ko‘rsatkichlaridir. Belgilangan obyektning ko‘rsatkichlar to‘plami ikkichi bo‘limda Modify (O‘zgartirish) buyruqlar panelida joylashgan. Sahnada yaratilgan kubni belgilab, buyrqular panelining ikkinchi qismiga o‘tiladi. Bunda Parameters (Ko‘rsatkichlar) to‘plami joylashgan, unda belgilangan kub ko‘rsatkichlari mavjud. Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari Kub ko‘rsatkichlarining to‘plami Ikki guruh ko‘rsatkichlar: Length (Uzunligi), Width (Eni), Height (Balandligi); Length Segs (Segment Uzunligi), Width Segs (Segment Eni), Height Segs (Segment Balandligi). Birinchi 3 ta ko‘rsatkich qiymatlarini o‘zgartirib, obyekt shakli o‘zgartiriladi. Masalan, kub zarur bo‘lsa, uzunlik, balandlik va eni bir xil qiymatda beriladi. Agarda kerakli shakl stol yuzasiga o‘xshash bo‘lsa, u holda balandlik 1-2 beriladi, eni va uzunligi taxmin qilingan o‘lchamlar beriladi. Segment ko‘rsatkichlarining qiymatini o‘zgartirib, obyekt yaralgan segment to‘rini tez-tez qaytarilishi o‘zgaradi. Segment to‘g‘ri haqida to‘liq ma’lumotlar modellashtirishni o‘rganilayotganda olinadi. Hozirda u ravon va dumaloq shakllarga keltirish uchun kerak, hamda model egiluchan b o‘lishi uchun. Kub misolida yumaloqlashtirish bo‘lmaydi, chunki qirralari o‘tkir. Shuning uchun segment ta’sirini kuzatish mumkin emas. Shu sababli sharga o‘tiladi. Sahnada yaratilgan shar belgilanadi va Modify (O‘zgartirish) buyruqlar panelining ikkinchi bo‘limiga o‘tiladi. Sharda faqat bir ko‘rsatkich radiusdir. Uning qiymatlari o‘zgartirilsa, shar o‘lchamlari o‘zgaradi keyin ko‘rsatkich segmenti. Boshqa holda u sharda segmentlar to‘rining tez-tez aytarilishini ta’minlaydi. Ana shu ko‘rsatkich qancha yuqori bo‘lsa, to‘r shuncha tez-tez qaytariladi, ya’ni zichroq bo‘ladi. Shar misolida segment ko‘rsatkichlarining ta’siri yaxshi seziladi. Gap shundaki, segmentlarning minimal qiymatida dumaloq |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling