Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari
Uch o‘lchovli modellashtirish
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
3- MODIFIKATORLAR VA SPLAYNLAR YORDAMIDA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari
Uch o‘lchovli modellashtirish
kasbi bo’yicha o’quv materiallari shaklni berish va uni saqlab turishning ilojisi bo‘lmaydi. Segmentlar qiymatini 10 gacha oshirilsa, shakl sag‘al to‘g‘rilanadi, lekin qobirg‘alar bo‘rtib turadi. Qiymatni 50 gacha oshirilsa, tartibli shar hosil bo‘ladi. Quydagi rasmda segmentlar qiymatiga mos shakllar keltirilgan. Shaming har xil qiymatli segment ko‘rsatkichlari Segment ko‘rsatkich ostida shar ko‘rsakichlar guruhining Smooth (Silliq) opsiyasi joylashgan. Uning yordamida sharning shaklini silliq yoki qirrali qilish mumkin. Uning ta’sirini namoyish etish uchun segment qiymatini 14 ga yaqin beriladi, silliqlash opsiyasi ko‘chiriladi. Sahnada qirrali shar paydo bo‘ladi. Endi segment qiymatini o‘zgartirib, obyekt qirralarining sonini o‘zgartirish mumkin. Hemisphera (Yarim shar) ko‘rsatkich pastda joylashgan, u shardan biror qismni kesib oladi va qandaydir qismini qoldiradi. Ko‘rsatkichning qiymati 0 dan 1 gacha o‘zgaradi. Masalan, agar qiymat 0,5 ga teng bo‘lsa, sharning yarmi qoladi. Pastda segment to‘ridan kesib olish rejimi joylashgan. Chop rejimda to‘r model shakli bilan birga kesib olinadi. Squash (Siqish) rejimda qirralar soni yo‘qolmay siqiladi. Sharning oxirgi ko‘rsatkich guruhi Slice (Bo‘lak). Uning yordamida sharni bo‘laklarga tartibli bo‘lish mumkin. Slice On (Bo‘lakka bo‘lish) bayroqcha o‘rnatiladi, so‘ngra Slice From (Bo‘lakdan kesish) va Slice Top (Tepadan kesilgan bo‘lak) ko‘rsatkichlar yordamida kerakli bo‘lakchaning o‘lchamlari beriladi. Quydagi rasmda sharni bir qismlarga bo‘lish variantlari ko‘rsatilgan. Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari Slice ko‘rsatkichlar ishlatilgan shar Shunday qilib, kub va shar misolida shunga ishonch hosil qildikki, ko‘rsatkichlar yordamida model shaklini mutlaqo o‘zgartirish mumkin, uning qiymatini aniq bergan holda. Shunda o‘xshab boshqa obyektlar ko‘rsatkichlarini ko‘rib chiqish mumkin. Masalan, silindrda Radius (Radius), Height (Balandlik), Height Segments (Segment balandligi), Cap Segments (Segment qoplamasi), Sides Smooth (Silliq tomonlari), Slice (Bo‘lak) ko‘rsatkichlar topiladi. Bu ko‘rsatkichlarning ta’siri deyarli tushunarli. Teapot (Choynak)da Teapot Parts (Choynak qismi) guruh ko‘rsatkichlari bor. Bu guruhda Body (Tanasi), Handle (Sopi), Spout (Tumshug‘i), Lid (Qopqog‘i) opsiyalar bilan ishlash mumkin. Masalan, tumshug‘i va sopi ko‘rsatkichini o‘chirib, choynak o‘rniga tuvak hosil qilish mumkin. Shunday qilib, obyektlarning ko‘rsatkichlari ularni yaratgandan so‘ng shaklini aniqlaydi. Bir vaqtning o‘zida obyektni kerakli gabarit o‘lchamlari va segmentlari bilan yaratishning ilojisi yo‘q. Shuning uchun doim obyektlarning ko‘rsatkichiga murojjat qilinadi. Ishda tartibsizlikdan doimo ikkita xatoliklarga yo‘l qo‘yiladi: • Modify (O‘zgartirish) buyruqlar panelining ikkinchi qismiga o‘tilganda yangi obyekt yaratishdan oldin undan chiqib ketish esdan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling