Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari
Uch o‘lchovli modellashtirish
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
3- MODIFIKATORLAR VA SPLAYNLAR YORDAMIDA
Uch o‘lchovli modellashtirish
kasbi bo’yicha o’quv materiallari ko‘rsatkichdan foydalanilgan holda obyektning eng yuqorigi nuqtada kesim yuzasini toraytirish yoki kengaytirish mumkin. 6. So‘ngra Lavel (Daraja) 2 guruh ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Bunda xuddi o‘sha ko‘rsatkichlar, lekin ular obyektning keying shakliga nisbatan ta’sir etadi. Extrude (Ko‘tarish) ko‘rsatkich qiymati bu yerda oshiriladi va birinchi darajadagi kesma yuzasidan kelib chiqqan holda model shakli cho‘zilgan bo‘ladi. Keyin kesim yuzani yana bir bor o‘zgartirish uchun ikkinchi darajadagi Outline (Tashqi chiziq) ko‘rsatkichni qo‘llash mumkin. 7. Xuddi shuni Lavel (Daraja) 3 uchinchi darajadagi ko‘rsatkich bilan bajarish mumkin. Natijada kesim yuzasining o‘lchamlari o‘zgartirilgan model paydo bo‘ladi. 8. Hosil bo‘lgan model shaklini silliqlash mumkin. Buning uchun birinchi guruh Parameters (Ko‘rsatkichlar)ga kiriladi. Bunda Surface (Usti) guruhda Curved Sides (Bukilgan tomonlari) silliqlash rejimiga o‘tish lozim. Bu shakl tomonlarini egri chiziqlar yordamida tasvirlash imkonini beradi. 9. Ana shu rejimga o‘tilgandan keyin obyekt shakli o‘zgarmaydi. Chunki yumoloq shakl berish uchun segmentlar etarli emas. Shuning uchun pasta joylshgan segmentlar ko‘rsatkichning qiymatini oshirish lozm. Ana shu ko‘rsatkichning qiymati ancha katta bo‘lsa, obyekt shakli shuncha silliq bo‘ladi. 10. Modelning siqib chiqarilgan kesim yuzasini o‘zgartirish, silliqlash va dastlabki splayn ko‘rsatkichlari bilan bir vaqtning o‘zida, buning orasida modifikatorlar guruhiga o‘tib ko‘rsakichlar darajasida muharrirlash mumkin. Shunday qilib, Bevel modifikator nafaqat shakl chizig‘ini siqib chiqaradi, balki siqib chiarilgan kesim yuzasining o‘lchamlarini ham o‘zgartiradi va bir vaqtning o‘zida model shaklini silliqlaydi. Profilni aylantirish usuli. Bu usul barcha simmetrik jismlarni aylantirish imkonini beradi. Jismni aylantirish misoli sifatida: ko‘za, stakan, tarelka, stol oyog‘i, ba’zi qandillar, tarsherlar va boshqalar keltiriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling