Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari


Uch o‘lchovli modellashtirish


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana17.02.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1205627
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4- MATERIALLAR VA XARITALAR

Uch o‘lchovli modellashtirish 
kasbi bo’yicha o’quv materiallari 
unda quyoshning o‘zi joylashgan, oq yuza absolyut tiniq bo‘ladi. 
Tiniqlik xaritasi qo‘llanilgan 
Shunday qilib, tiniqlik xaritasini bir nomli kanalga nisbatan qo‘llab, 
materialning ma’lum yuza qismini absolyut tiniqlashtirdik, bu esa kerak 
bo‘lamagan uning qismlarini berkitish imkonini beradi. 
Bump (Bo‘rtma) kanal. 
Bump (Bo‘rtma) kanali materialning 
relyefliligiga javob beradi. Uning mohiyati shundaki, material yuzasida 
soya va yaltiroqliklar yordamida relyef effekti yaratiladi, shu bilan birga u 
absolyut yassi yuza bo‘lib qolaveradi. Materiallarni yaratishda bunday 
materiallar ko‘p ishlatiladi, masalan: interyerlarni yaratishda. 
G‘isht terilgan materialni yartishda relyef kanalidan foydalanish 
tartibini ko‘rib chiqamiz. 
1. Yangi sahna yaratiladi. Perpective (Perspektiva) proyeksiyalar 
oynasida Box (Kub) primitiv yaratiladi. Uning ko‘rsatkichlari quyidagicha 
beriladi: Lenght (Uzunlig) - 1, Width (Eni) - 300, Height (Balandlik) - 270. 
Bu devor, keyinchalik unga terilgan g‘isht materiali yotkaziladi. 
2. Materiallar muharriri oynasi ochiladi, hohlagan bo‘sh slot 
tanlanadi va Maps (Xaritalar) svitok ochiladi. Bunda diffusion rang kanal 
kartasi sifatida elektron papkadagi “G‘isht.jpg” tayyor faylidan 
foydalaniladi. Yuqoriga, tahrirlash darajasiga qaytiladi Go to Parent
(Asosiyga o‘tish) tugma orqali. 


Uch o‘lchovli modellashtirish 
kasbi bo’yicha o’quv materiallari 
3. Sahnada hohlagan qulay sharoitda paralelopipedga paydo 
bo‘lgan material yotkaziladi. 
4. Bump (Bo‘rtma) yozuvdan o‘ng tarafda None (Hech narsa) tugma 
bosiladi. Aniq kartani tanlash oynasi paydo bo‘ladi. Bitmap (Kam xarita) - 
birinchi band tanlanadi, so‘ngra elektron papkadan tayyor “G‘isht.jpg” 
fayl tanlanadi. 
5. Yuqoriga, muhairlash darajasiga qaytiladi Go to Parent (Asosiyga 
o‘tish) tugma orqali. Maps (Xaritalar) svitokda Bump (Bo‘rtma) kanal 
nomidan o‘ngda, kanaldan foydalanish darajasining ko‘rsatkichi 
joylashgan. Uning qiymatini 30 dan to 80 birlikga o‘zgartiriladi. 
Endi vizualizatsiyada g‘isht devor ko‘rinishining relyefti aks ettiriladi. 
G‘ishtlar xuddi ozgina bo‘rtib chiqqandek, lekin orasidagi choklar ozgina 
botiq (ichkariga kirgan). 
 
Oddiy relyefli g‘isht materiali. 

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling