Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana17.02.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1205627
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4- MATERIALLAR VA XARITALAR



Uch o‘lchovli modellashtirish 
kasbi bo’yicha o’quv materiallari 
MATERIALLAR VA XARITALAR
MATERIALLAR TURI VA MUHARRIRIDA ISHLASH 
Material tushunchasi. Odatda material bu uch o‘lchovli modelga 
qo‘yilgan tasvir. Bunday fikrlash noto‘g‘ri, material ichida modelga 
qo‘yiladigan tasvir Map (Xarita) deb ataladi, material esa bu keng 
tushuncha. 3ds Max dasturida material tushunchasi obyektning tashqi 
ko‘rinishi haqidagi ma’lumotlar to‘plami, bu nafaqat materiali haqidagi 
ma’lumot, balki jilvalanganligiga qaytaruvchanlik xususiyati, tiniqlik
relyefliligi, shulalanishi va boshqa ko‘pgina ko‘rsatkichlar haqidagi 
ma’lumotdir. 
Bunday ko‘p ko‘rsatkichlar hohlagan materialni xususiyatlarini 
ta’riflashi uch o‘lchovli modelning materialining aniq tashqi ko‘rinishini 
ko‘rsatish imkonini beradi. Mahorat bilan foydalanilgan material 
sahnaning haqiqiy, tabiiy chiroyiga erishiladi. Materialdan aql bilan 
foydalanilsa, modellashtirishning birinchi bosqichidagi ba’zi hatoliklarni, 
noaniqliklarni berkitishga yordam beradi. 
Uch o‘lchovli modellar singari, materiallar har xil turda bo‘ladi. 
Materiallarning ko‘pgina turlari mavjud. Materialning aniq turini tanlash 
material ko‘rsatkichlarining yig‘indisiga bog‘liq. 
Material turi va tahririda ishlash. 3D dasturida material ustida ishlash 
maxsus Material Editor (Materiallar tahriri)da amalga oshiriladi. 
Materiallar tahriri bu alohida panel bo‘lib, unda materialni yaratish va 
tahrirlash uchun barcha uskunalar yig‘ilgan. Tahrirni chaqirish uchun 
asosiy uskunalar panelida Material Editor (Materiallar tahriri) tugmasi 
bosiladi yoki “M” tugmani (“Material” so‘zining birinchi harfi) 
Material Editor oynani chaqirish tugmasi. 



Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling