Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari
kasbi bo’yicha o’quv materiallari
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
2- OBYEKTLARNI YARATISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari
kasbi bo’yicha o’quv materiallari
Move, Rotate, Scale buyruqlari Ana shu harakatlarni ko‘rsatish tartibi bilan tanishib chiqamiz. Obyektni ko‘chirish. 1. Sahnada biror obyekt belgilanadi. Agarda sahna bo‘sh bo‘lsa, biror sodda obyekt yaratilib, u belgilanadi. 2. Asosiy asboblar panelidan Select and Move (Belgilash va Ko‘chirish) harakat boshqaruvchisi tanlanadi. Obyektda 3 ta ko‘rsatuvchi vektorlar x, y, z paydo bo‘ladi. Ular harakatlanish mumkin bo‘lgan yo‘nalishni ko‘rsatadi. 3. Kursorni ma’lum vektorga yo‘naltiriladi. Belgilangan vektor sariq rangda bo‘ladi. Sichqonchaning tugmasini bosib, kursor suriladi - obyekt yoritilgan vektor bo‘ylab harakat qiladi. 4. Obyektni nafaqat yo‘nalish bo‘yicha, balki yuza bo‘yicha surish uchun kursor bilan vektorlarni va maxsus chiziqlarni kesishishi natijasida hosil bo‘lgan kvadrat yoritiladi. Demak obyektni ko‘chirish ketma-ketligi quyidagicha: avval obyektni yoki obyektlami belgilanadi, so‘ngra harakat boshqaruvchilari tanlanadi Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari va kerakli yo‘nalish yoritiladi va obyekt ko‘chiriladi. Obyektni aylantirish. Obyektni aylantirish quyidagicha amalga oshiriladi: obyekt belgilanadi, Select and Rotate (Belgilash va Aylantirish) boshqaruvchi tanlanadi, aylanish yo‘nalishi ko‘rsatiladi, obyekt atrofida u yoki bu aylana yoritiladi va aylantirish bajariladi. Aylantirish davrida obyektning yuqorisida burilish gradusi ko‘rinadi. Obyektni aylantirish. Obyektni masshtablashtirish. Obyektlarning umumiy masshtablashtirishning tartibi xuddi haraktlanish yoki aylantirish kabi, lekin ba’zi xususiyatlari bor. Masalan, obyektlarning bir vaqtning o‘zida bir, ikki va uch yo‘nalishda masshtablashtirish mumkin (birdaniga uch yo‘nalishda harakatlantirish mumkin emas). Uch yo‘nalishda masshtablashtirish bir me’yorda deb ataladi. Bir me’yorda masshtablashtirishda obyektlarning proporsiyasi buzilmaydi. Bir yoki ikki yo‘nalishda masshtablashtirish bir me’yorda bo‘lmagan deb ataladi. Bir me’yorda bo‘lmagan masshtablashtirishda obyektning proporsiyasi o‘zgaradi: uni cho‘zish yoki har tarafga surish mumkin. Quydagi rasmda choynakni bir me’yorda bo‘lmagan masshtablashtirish natijasi ko‘rsatilgan. Shunday qilib boshqaruvchilar yordamida obyektning holatini fazoda o‘zgartirish, ularni og‘dirish va masshtablashtirish mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling