Uch o‘lchovli ob’ektlarga tekstura berish

Download 0.67 Mb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1588661
1   2   3   4
Bog'liq
Rustamov Umarbek 8-mustaqil ta\'lim

Obyekt tasviri realligini oshirish uchun uning sirtiga tekstura beriladi. Tekstura eng sodda holda elementlari nuqtali bezak – teksellar bo‘lgan ikki o‘lchovli massivdir. Teksellar massivi (tekstura xaritasi) tekstura koordinatalar tizimi – TKTga bog‘lanadi.

Grafik tizim xotirasida teksellarga ularning vizual atributlarini ifodalovchi kodlar mos qo‘yiladi. Batafsil tekstura tekstura xaritasi kutubxonasi yordamida shakllantiriladi. Teksturaning mazmuni – tasvirning har bir elementi uchun rang yorqinligi kodini topishdan iborat. Buning uchun avval primitiv va tekstura koordinatalari tizimi o‘rtasidagi bir qiymatli moslikni o‘rnatadigan akslantiruvchi funksiya topiladi. Keyin primitiv elementi proeksiyalanadigan ekranga pikselni akslantirish jarayonida mos tekselning rang yorqinligi olinadi.

Akslantirishning chiziqli funksiyasi tadbiqi juda sodda va hisoblash tizimidan katta resurs sarfi talab qilmaydi. Biroq u teksturalashning eng past sifatini beradi. Kvadratik parabola va splayn-funksiyada tekstura koordinatasini interpolyatsiyalash ancha sifatli, biroq ancha sekin teksturalashni beradi. Egri chiziqli primitivlar uchun, misol uchun, ikkinchi tartibli sirtlar bo‘lganda, akslantirish funksiyasi umuman olganda nochiziqli bo‘ladi. Bu funksiyani primitiv-sirtning har bir elementi uchun hisoblash zarur bo‘ladi va bu ko‘p hisoblash vaqti talab qiladi.

Bundan tashqari, aks ettirishning realligini oshirish maqsadida zamonaviy grafik tizimlarda multiteksturalash qo‘llaniladi, ya’ni bitta primitivga bir nechta tekstura aralash qo‘llaniladi.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling